Karyera markazi bo’lim boshlig’i:

JUMAYEV MIRJALOL ESHTEMIROVICH

Qabul kunlari: Har kuni (yakshanbadan tashqari) soat 9:00 dan 12:00 gacha.

Telefon:+998-91-002-70-20

📧 e-mail:

📧 Telegram kanali:@dsmi_karyeramarkazi

Maqsad va vazifalar:
Karyera markazining asosiy maqsadi talabalarni va bitiruvchilarni mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassislar sifatida tayyorlashdir. Ular quyidagilarni amalga oshirish uchun ishlaydi: talabalarning malakaviy ko’nikmalarini oshirish, korxonalar bilan hamkorlikda bo’sh ish o’rinlari yarmarkalarini tashkil etish, kasbiy faoliyatga qiziqishni kuchaytirish hamda bitiruvchilarga ishga joylashishda ko’maklashish.Asosiy maqsad va vazifalar
Raqobatbardoshlikni oshirish: Talabalar va bitiruvchilarning raqobatbardoshligini ta’minlash, ularning sohasi bo’yicha malakaviy ko’nikmalarini yanada oshirish.
Ish topishda ko’maklashish: Korxona va tashkilotlar uchun malakali mutaxassislarni tayyorlash, ularning ish topishiga ko’maklashish.
Aloqalarni o’rnatish: Korxona, tashkilot va muassasalar bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish, ular ishtirokida bo’sh ish o’rinlari yarmarkalarini tashkil etish.
Kasbiy qiziqishni rag’batlantirish: Talabalarning kasbiy faoliyatiga qiziqishini kuchaytiruvchi turli tadbirlarni amalga oshirish.
Karyerani rivojlantirish: Bitiruvchilar bilan suhbatlar o’tkazish orqali ularning hozirgi mehnat faoliyati va karyerasi haqida ma’lumot to’plash.
 
Karyera rivojlantirish markazining maqsadlari
Talabalaming shaxsiy o‘sishi va malakasini oshirishda yordam berish;
Talabalarni samarali xodim bo‘lishiga va ularni o‘z sohasida tajribasini oshirishga ko‘maklashish;
Jamiyatga salohiyatli kadrlarni tayyorlash va ularni ish topishga yordamlashish.Ish beruvchilar
Mahalliy va xalqaro ish beruvchi kompaniyalar bilan hamkorlik; Talabalar uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etish;
Kompaniyalarning yangi ishchilarga bo‘lgan talablari ma’lumotlar bazasini yaratish.Ish beruvchilar
Soha mutaxassislarini tajriba almashish maqsadida muntazam ravishda o‘quv jarayoniga jalb qilish
Bitiruvchi talabalar uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri ish amaliyotini tashkil etish;
Kurs tarkibini kompaniya loyihasi bilan boyitish.

Talabalar
Talabalarga o‘z maqsadlarini belgilashda ko‘rsatmalar berib borish; O‘qish yo‘nalishini tanlashda maslahatlar berish;
Bo‘sh ish o‘rinlari, malaka oshirish bo‘yicha muntazaam e’lon berib borish; Bepul til kurslarini tashkillashtirish;
Ish beruvchilar tomonidan qo‘llaniladigan maxsus dasturiy ta’minot kurslarini tashkil
etish.

Tadbirlar
Karyera yarmarkasi;
Musobaqa va tanlovlar;
Mehmonlar ma’ruzalari;
Baholash markazi.

Kasbga yo‘naltirish
Rezyume tayyorlash;
Suhbat;
Taqdimotlar;
Mental qo‘llab-quwatlash.

Me’yoriy hujjatlar:
1 Karyera markazini tashkil etish bo‘yicha O‘zDSMI Rektorining 2021-yil 29-iyuldagi 203-D-sonli bo‘yrug‘i yuklab olish
2 «Institut rektorining 2021-yil 29-iyuldagi 203D-sonlibuyrug‘iga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishto‘g‘risida»gi 2025-yil 25-oktabr 259-sonli bo‘yrug‘i yuklab olish
3 «Karyera markazi»ning nizomi yuklab olish
4 «Karyera markazi»ning ish rejasi yuklab olish
4 Bo‘sh ish o‘rinlari (vakant) haqida ma’lumot yuklab olish