✅ O‘zbekiston hamda Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stlik va madaniy hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, ijodiy tajriba almashish, professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida o‘zaro aloqalarni kengaytirish bugungi kunda ikki davlat o’rtasida olib borilayotgan keng islohotlardan biri, desak xato bo’lmaydi.

✅ Shu kunlarda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev boshchiligida institut professor-o‘qituvchilari Ozarbayjon Respublikasi
Xalqaro Mug’om Markazida tajriba almashish, malaka oshirish va qo‘shma konsert tashkil qilish maqsadida ixizmat safarida bo‘lib turishibdi.

✅ Shunigdek, Xalq ijodiyoti fakulteti “Milliy qo‘shiqchilik” hamda “Cholg‘u ijrochiligi” kafedralari professor-o‘qituvchilari: O‘zbekiston xalq xofizlari, professor Beknazar Dusmuradov va Soyibjon Niyozov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, professor Axmatjon Dadayev, dotsentlar: Yusuf Vahidov, Husniddin Xusanov, dotsent v.b. Qaxramon Turayev hamda o‘qituvchi Javohir Turatovlardan tarkib topgan mazkur delegat a’zolari safarning dastlabki kunida Ozarbayjonda gilamdo‘zlik va dunyodagi birinchi gilam muzeyida va Azorbayjon san’at muzeyida bo‘lishdi.
U yerda Ozarbayjon gilamlarining bir qancha to‘qish texnikalari va turli davrlarga oid ma’lumotlar bilan tanishishdi.

Shundan so’ng, Ozarbayjon Xalqaro Mug’om markaziga tashrif buyurib, markaz direktori Sahib Pashazade bilan uchrashuv o‘tkazildi. Suhbat chog‘ida markazi faoliyati hamda ijodiy konsertga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi.