Yig‘ilishda yurtimizda korrupsiyadan xoli muhit yaratish bо‘yicha qilingan ishlarga baho berilib, kelgusi vazifalar belgilandi.

Davlatimiz rahbari 55 ta aniq maqsadga yо‘naltirilgan tashabbuslarni ilgari surdi. Ular doirasida 5 ta qonun, 12 ta farmon va qarorlar ishlab chiqiladi.

Bugun О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev rahbarligida ushbu yig‘ilishda belgilangan dolzarb vazifalar ijrosini ta’minlash hamda institut miqyosida korrupsiyaga qarshi kurash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan yig‘ilish bо‘lib о‘tdi.

Yig‘ilishda barcha prorektorlar, bо‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari, Kasaba uyushmasi qo‘mitasi va Xotin-qizlar maslahat kengashi raislari hamda yoshlar yetakchisi ishtrok etdi.

Yig‘ilish kun tartibidagi masala yuzasidan fikr bildirar ekan Nodirbek Sayfullayev davlatimiz Rahbarining “Hammamiz yagona kuch bо‘lib harakat qilsak, albatta, katta ijobiy samaraga erishamiz. Shu bois mahalla faollari, nuroniylar, ziyolilar, yozuvchi va shoirlar, san’at va madaniyat xodimlari, tadbirkorlar, taniqli shaxslar, rahbarlar, deputat va senatorlar – umuman butun jamoatchilik birlashib, korrupsiyaga “jamiyat tanasidagi saraton” sifatida qarashi kerak”, – degan so‘zlaridan iqtibos keltirib, bu so’zlar faoliyatimizdagi asosiy mezonga aylanishi lozimligini ta’kidladi.

Yuqoridagi yig‘ilishda fikri toza, korrupsiyaga toqatsiz yangi avlodni tarbiyalash maqsadida ta’lim maskanlarida halollik g‘oyalarini singdirish, ularning tashabbuslarini qо‘llab-quvvatlash muhimligi kо‘rsatib о‘tilganini, xususan, institutda ham talaba-yoshlar o‘rtasida bu illatning salbiy oqibatlari haqida batafsil tushuncha berish, ular o‘rtasida tanlovlar tashkil etish ishlarini yanada jadallashtirish, ayniqsa, tarbiyaviy ahamiyatga ega roliklar yaratish zarurligini aytib o‘tdi.

Shu bilan birga, joriy yilning 11-mart kuni madaniyat vaziri boshchiligida ham korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi topshiriqlar ijrosini ta’minlash bо‘yicha dolzarb vazifalar yuzasidan yig‘ilish о‘tkazilgani va vazirlik tizimida ham bu borada amalga oshirlishi lozim bo’lgan ishlar belgilanganini keltirib o’tdi.

Shuningdek, korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashni bir zum ham tо‘xtatmasligimiz darkor ekanligini, biz nafaqat о‘zimiz uni sodir etmasligimiz, shu bilan birga, atrofimizdagilarning ham bu illatga aralashmasliklari uchun ham mas’ul bо‘lishimiz kerakligini alohida qayd etdi.

Institut jamoasiga murojaat o‘laroq, “Korrupsiyaga qarshi kurashish har birimizning faoliyatimizdagi asosiy vazifaga aylanishi shart, san’at va madaniyat sohasi xodimlari bu borada o‘rnak bo‘lishi lozim, ana shundagina Yurtboshimiz va xalqimizning bildirayotgan yuksak ishonchlarini oqlagan bо‘lamiz”. – dedi

❗️Shuningdek, mutasaddilarga bu borada qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan ham ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ham ko‘rilib, unga ko‘ra, institutning Ishlar bosohqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan Isroiljon Abdukadirov jamoaga tanishtirildi.