
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Kengashining 2025-yil 28-fevral kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida institut rektori, professor Nodirbek Sayfullayev tashabbusi bilan Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha jamoatchilik Kengashi tuzilgan edi.
Mazkur yig’ilishda yangi tuzilgan jamoatchilik Kengashi raisligiga ochiq ovoz berish yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, tarix fanlari doktori, professor Abduxalil Mavrulov saylandi.
Bugun ushbu Kengashning faoliyati, oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalariga bag’ishlangan dastlabki yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish avvalida Nodirbek Sayfullayev bugun Davlatimiz Rahbari tomonidan yosh avlodga ularni har tomonlama barkamol bo’lib voyaga yetishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berilgani, bundan tashqari, san’at va madaniyat sohasiga berilayotgan yuksak e’tibor va g’amxo’rlik sabab sohada ham tub o’zgarish va yangilanishlar kechayotgani, ushbu imkoniyatlarning yoshlar o‘rtasida targ’ibotini yanada kuchaytirish, ularni Vatanga muhabbat va kasbiga sadoqat ruhida tarbiyalash zarurligini qayd etdi hamda ushbu maqsadlar Kengashning asosiy maqsadi va maslagi bo’lishi zarurligi ta’kidladi.
Shundan so‘ng Kengashning ish-rejasi va nizomini ishlab chiqish, faoliyatini tashkil etish, talabalar bilan olib boriladigan muloqot mavzulari va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.