✅Uchrashuvda Nodirbek Sayfullayev elchi janoblarining tashrifidan mamnun ekanligini bildirib, uni institut tarixi, ilmiy va ijodiy salohiyati, bugungi kunda amalga oshirilayotgan o‘quv-ijodiy jarayonlar, ilmiy yo’nalishda bo‘layotgan o’zgarishlar, umuman, institut hayoti bilan batafsil tanishtirib o’tdi.

✅O’z navbatida, David Kotaria o‘zbek san’ati va madaniyatiga qiziqishi va hurmati baland ekanligini alohida qayd etib o‘tdi hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti bilan hamkorlik qilishdan mamnun bo‘lishini ta’kidladi.

📈Shuningdek, samimiy muloqot davomida O’zbekiston va Gruziya o’rtasidagi madaniy aloqalar chuqur tarixiy ildizlarga ega ekanligi, o’zbek milliy musiqasi, raqslari va hunarmandchiligi Gruziyada katta qiziqish uyg’otishi, xuddi shuningdek, gruzin xalq qo’shiqlari va raqslari O’zbekistonda ham mashhurligi, ikki mamlakat o’rtasida amalga oshirilayotgan barcha sohalardagi keng ko‘lamli hamkorlik doirasida madaniy aloqlarga ham katta e’tibor qaratilayotgani qayd etildi hamda kelgusida institut ijodiy jamoasining Gruziyadagi sohaga oid oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik o’rnatishi va ushbu mamalakatga gastrol safarlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Shundan so‘ng Elchi hamda «Megobroba» Gruziya milliy madaniyat markazi vakillari rektor hamrohligida O‘quv teatrida bo‘lib o‘tgan 4-bosqich “Musiqali teatr aktyorligi” ta’lim yo‘nalishi talabalarining gruzin adibi Nodar Dumbadzening “Men, buvim, Iliko va Illarion” romani asosida sahnalashtirilgan “Guriyaliklar” musiqali komediyasi namoyishida ishtirok etishdi.

Ushbu spektakl lirik-komediya janrida sahnalashtirilgan bо‘lib, voqealar yigirmanchi asrning о‘rtalarida bо‘lib о‘tadi. Ammo unda kо‘tarilgan mavzu bugungi kunda ham о‘z ahamiyatini yо‘qotmagan. Spektakl qishloqda tug‘ilib о‘sgan yosh yigit – Zurikoning katta hayotga qadam qо‘yish arafasida duch keladigan tо‘qnashuvlari, ziddiyatlar va intilishlari haqida hikoya qiladi.

Ushbu spektakl mehmonlar hamda tomoshabinlarda iliq taassurot qoldirdi.