✔️Yig‘ilishda barcha prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari va tyutorlar ishtirok etdi.

Yig‘ilishni ochib berar ekan Nodirbek Sayfullayev joriy yilning 13-fevral kuni О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida о‘tkazilgan Olimpiya va paralimpiya harakatini yanada rivojlantirish, ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish, aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi hamda 14-fevral kuni о‘tkazilgan mamlakatimiz yoshlari bilan ochiq muloqotida belgilagan vazifalar ijrosi borasida to’xtalib, bugungi kunda talaba-yoshlarga sifatli ta’lim berish barobarida, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, turli to‘garaklarga jalb etish institutda faoliyat olib borayotgan har bir xodimning asosiy vazifa bo‘lishi, bu boradagi ishlarni yangi bosqichda davom ettirish, ayniqsa, yoshlar bilan ishlash tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlarning mas’uliyatini yanada oshirish lozimligini ta’kidladi.

Shuningdek, ushbu yig‘ilishlarda hamda umuman yurtimizda yosh avlodga yaratib berilayotgan keng ko ‘lamli imkoniyatlar tog‘risida talaba-yoshlarga ko’proq ma’lumot berish, tashkil etilayotgan turli tanlovlar va sport musobaqalarida talabalarning ishtirokini kengaytirish, institut miqyosida ham sport va boshqa intellektual tanlovlarni muntazam o‘tkazib borish, talaba-yoshlarning kamida 50 fozini sportga jalb etish zarurligini ta’kidladi.

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Shohbek Ergashevning talabalarning bо‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ma’naviyatini yuksaltirish borasida institutda amalga oshirilayotgan ishlar borasida bergan ma’lumoti qizg’in muhokama qilindi. Xususan, haftaning har shanba kunini institutda sport kuni deb e’lon qilindi hamda ushbu kunda ko’plab sport musobaqalari tashkil etish, unda nafaqat talaba-yoshlar, balki ishchi xodimlar ham ishtirok etishi belgilandi.

Institut talabalarining ma’naviy tarbiyasi va mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, ularni yot g‘oyalardan asrash har birimizning vazifamizga aylanishi shartligi, yoshlarning mafkuraviy xavfsizligini ta’minlash, ularni dardiga malham bo‘lib, muammosini hal qilib, turli g‘oyaviy xurujlardan asrash, zararli axborotlardan himoya qilish ishlarini kuchaytirish, ayniqsa, giyohvandlik va psixatrop moddalarga qaramlik kabi salbiy illatlarning oldini olish masalasi ham muhokama qilinib, mas’ullarga bu borada yoshlar o’rtasida tushuntirish ishlarini yanada jadalashtirish topshirig‘i berildi.

Yig‘ilishda, shuningdek, 2025-yil uchun rejalashtirilgan maqsadli investitsiyalar va grant loyihalarini amalga oshirilishi, xalqaro hamkorlik bo‘yicha xorijiy universitetlar bilan imzolangan memorandumlar, tuzilgan «Yo‘l xarita» larida belgilangan vazifalar ijrosining bajarilishi, 2024/2025-о‘quv yili kuzgi semestr bо‘yicha professor-о‘qituvchilarning HEMIS platformasida о‘quv mashg‘ulotlarini rasmiylashtirishi hamda fakultet va kafedralarning о‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy faoliyatlarini о‘rganish natijalari, to‘lov-shartnoma asosida tahsil olayotgan talabalar tomonidan to‘lovlar amalga oshirilish holati, ijro intizomi kabi masalalar muhokama qilindi.

❗️Ushbu masalalar yuzasidan mutasaddilarning axborotlari tinglandi hamda barcha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.