
Bugun yurtimiz bo‘ylab O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 71 yilligi munosabati bilan ko’plab ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.
Jumladan, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti tomonidan Adiblar xiyobonida joylashgan shoir haykali poyida “Muhammad Yusuf Vatan kuychisi” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir avvalida shoir haykali poyiga gulchambarlar qo’yilib, hurmat bajo keltirildi.
Shundan so‘ng O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari G‘ayrat Majid, shoirning rafiqasi Nazira as-Salom va boshqalar so‘zga chiqib, Muhammad Yusuf hayoti va ijodining ibrat bo’larli jihatlari, uning insoniy fazilatlari hamda Muhammad Yusuf ijodining o‘zbek she’riyati tarixidagi o‘rni va ahamiyati haqida so‘z yuritdi hamda unga bog‘liq bo‘lgan xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.
Shundan so‘ng institutda ta’sis etilgan “Muhammad Yusuf” ko‘krak nishoni o’z egalariga taqdim etildi.
Ular bilan tarnishing:
O‘zbek va jahon filologiyasi kafedrasi mudiri, dotsent Ma’rufova Zulfiya Nabiyevna, Kino, televideniye va radio san’ati fakulteti dekani, dotsent Xidirova Kamola Sodikovna, “Vokal” kafedrasi dotsenti Sharipov Azamat Shonazarovich, Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Tuyg‘unov Doniyor Mirzayevich, “O‘zbek va jahon filologiyasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Kozimova Zumriniso Ismoilovna, Xalq ijodiyoti fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Xolmo‘minov Mo‘minmirzo Zokir o‘g‘li, “Madaniyat nazariyasi va tarixi. Madaniyatshunoslik” mutaxassisligi 2-bosqich tayanch doktoranti Qolqanotov Asilbek Nazarbay uli, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qorako‘l tuman bo‘linmasining Ma’rifat targ‘ibotchilari Eshshiyev Bobomurod Omonovich va Subhonova Ruqiya Usmonovna, Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish” ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Nabiyeva Malika Orif qizi.
Shundan so ‘ng tadbirning badiiy qismiga navbatberildi. Unda institut professor-o’qituvchilari tomonidan Muhammad Yusufning she’rlaridan namunalar o’qildi hamda uning so‘zlari asosida yaralgan qo’shiqlardan namunalar ijro etildi.