
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev rahbarligida institut Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bо‘lib о‘tdi.
❗️Kengashda 2024/2025-о‘quv yili birinchi yarim yillik yakunlari (Yakuniy nazorat natijalari), talabalarning malakaviy amaliyotini samarali tashkil etish, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil
23-sentabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarning malakasini oshirish bо‘yicha qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi
797-sonli qarorining institutdagi ijrosi, kafedralardagi mavjud bо‘sh (vakant) о‘rinlarga “О‘zbekiston ovozi” gazetasining 2024-yil 18-dekabrdagi 51-sonida berilgan tanlov, institut professor-о‘qituvchilari tomonidan yozilgan adabiyotlarni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Muvofiqlashtiruvchi Kengashda kо‘rib chiqish uchun yuborish va monografiyalarni chop qilishga tavsiya etish kabi institut hayotiga aloqador bir qator masalalar muhokama qilindi.
Kengash davomida Nodirbek Sayfullayev institutda tashkil etilgan Badiiy Kengash faoliyatini yanada jadallashtirish, ijro intizomi bo‘yicha xodimlar mas’ulyatini oshirish, talabalarga mutaxassislik fanlaridan sifatli ta’lim berish barobarida sahna nutqi va odobi borasida tushunchalar berish, talabalar amaliyotini va professor-o‘qituvchilarning malaka oshirishlarini sifatli tashkil etish va boshqa bir qancha mavzularda fikr-mulohazalari hamda takliflarini bildirib o‘tdi.
❗️Kun tartibidagi masalalar yuzasidan mutasaddilarning axborotlari tinglandi hamda barcha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.