Bugungi kunda “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, iqtidorli sportchilarni saralash hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga katta hissa qo‘shib kelmoqda.

✅О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida an’anaga muvofiq Besh tashabbus olimpiadasi doirasida navbatdagi musobaqalar tashkil etildi hamda musobaqa g‘oliblariga institut rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari diplom va kuboklar topshirildi.

✔️G‘oliblarni taqdirlash uchun so‘zga chiqqan institut rektori, professor Nodirbek Sayfullayev san’at va sport doimo yonma yonligini, ijodkorning sport bilan shug‘ullanishi uning ijodiy kamolotida ham muhim ahamiyatga ega ekanligini hamda institutda talabalarni sport bilan mashg‘ul bo‘lishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilganini qayd etib o‘tdi.

❗️Qizg’in bahslarga boy o’tgan musobaqalar yakunida g‘oliblar ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish oldi:

🥇Futbol musobaqalarida Xalq ijodiyoti fakulteti jamoasi;

🥇Volleybol musobaqalarida (qiz bolalar o‘rtasida) Kutubxona-axborot faoliyati fakulteti jamoasi;

🥇Shaxmat musobaqalarida (qiz bolalar o‘rtasida) Rahmatova Maftuna Xalq ijodiyoti fakulteti talabasi;

🥇 Shaxmat musobaqalarida (o‘g‘il bolalar o‘rtasida) Mamaraimov Bobur Xalq ijodiyoti fakulteti talabasi;

🥇Shashka musobaqalarida (qiz bolalar o‘rtasida) Choriyeva Madina (Kutubxona-axborot faoliyati fakulteti talabasi;

🥇Shashka musobaqalarida (o‘g‘il bolalar o‘rtasida) Ro‘ziyev Elbek Teatr san’ati fakulteti talabasi;

🥇Stol tennisi musobaqalarida (qiz bolalar o‘rtasida) Suvanova Chexroza Xalq ijodiyoti fakulteti talabasi;

🥇Stol tennisi musobaqalarida (o‘g‘il bolalar o‘rtasida) Xasanov Og‘abek Xalq ijodiyoti fakulteti talabasi.