Ayni paytda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti «Kutubxona axborot faoliyati» kafedrasi katta о‘qituvchisi Irina Say va «Madaniyat va san’at menejmenti» kafedrasi dotsent v.b. Xafiza Abdullayevalar Rossiya Federatsiyasining Moskva davlat madaniyat institutida bo‘lib o‘tayotgan “Madaniyat va san’at oliygohlari xalqaro gumanitar hamkorlikda: Rossiya va Xitoy madaniyatlarining muloqoti” nomli xalqaro kongressda o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishmoqda.

Kongress doirasida ular Moskva davlat madaniyat instituti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Yekaterina Kudrina bilan ham uchrashdi. Uchrashuvda Yekaterina Kudrina O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti haqida juda iliq taassurotga ega ekani hamda XVII MDH davlatlari ijodiy va ilmiy ziyolilari forumida institut rektori Nodirbek Sayfullayev bilan uchrashib (https://t.me/dsmi_uz/32841), ikki oliy ta’lim muassasida olib borilayotgan ilmiy-ijodiy jarayonlar to’g’risida fikr almashganini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Mazkur Kongressning maqsadi – madaniyatlararo muloqotning muhim qismi sifatida xalqaro madaniyat va san’at oliygohlari jamoasini birlashtirishdir.

Unda madaniyat va san’at sohasidagi milliy ta’lim modellari: hamkorlik yо‘nalishlari va istiqbollarini izlash, madaniyat va san’at sohasi uchun mutaxassislar tayyorlashda an’analar va yangiliklar, badiiy ta’lim sohasida davlatlararo hamkorlik, madaniy merosning xalqaro ta’lim integratsiyasidagi yangi trend sifatida kreativ industriyalar kabi masalalar muhokama qilinmoqda.