✅ Bugungi kunda “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, iqtidorli sportchilarni saralash hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga katta hissa qo‘shib kelmoqda.

❗️О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Kutubxona-axborot faoliyati fakultetida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining fakultet bosqichi start oldi.

Musobaqalarni ochib berar ekan Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo ‘yicha birinchi prorektor Shohbek Ergashev mazkur musobaqaning bosh maqsadi avvalo, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish ekanligini, g’alaba esa qo‘shimcha rag‘abat ekanligini ta’kidlab, ishtirokchilarga omad tiladi.

❗️Musobaqada talabalar sportning yengil atletika, stol tennisi, stritbol, voleybol turlari bо‘yicha o‘zaro bellashdi. Bosqich g‘oliblar institut bosqichida fakultet sharafini himoya qilishadi.