O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov tashrifi chog’ida yosh professor-o’qituvchilar hamda iqtidorli talabalarning sohaga oid yangi loyihalar bо‘yicha tashabbus va taqdimotlari bilan yaqindan tanishdi

Ushbu tashrif jarayonini O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev boshqarib bordi. Xususan unda “Ovoz rejissyorligi va operatorlik mahorati” kafedrasi dotsenti, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori Otajon Dostonov tomonidan “Kino klasteri” loyihasi doirasida kino va televideniye hamda ovoz yozish uchun mo‘ljallangan maxsus pavilion taqdimoti, “Cholg‘u ijrochiligi” kafedrasi o‘qituvchisi Qahramon Rashidov tomonidan ko‘hna […]

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov tashabbusi bilan tashkil etilgan “Aktyor” loyihasi doirasida sahnalashtirilgan “Hayot bekati” nomli inklyuziv spektakl namoyishi bo‘lib o‘tdi

Unda vazir Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi huzuridagi ‘Nogiron bolalar markazi’ rahbari, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist Ra’no Shodiyeva, institut rektori, professor Nodirbek Sayfullayev, institut professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi. Mazkur loyiha nogironligi bo‘lgan shaxslarni zamonaviy kasblarga, jumladan aktyorlik san’atiga jalb etish, ularni o‘qitish va amaliy jarayonlarga tatbiq etish orqali bandligini ta’minlashni maqsad qilgan. “Hayot bekati” […]

image_pdfimage_print