Karlo Gotsininig shu nomli asari asosida zamonaviy talqinda sahnalashtirilgan ushbu spektakl namoyishida institut rektori, professor Nodirbek Sayfullayev, institut professor-о‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etishdi. Mazkur spektakl kurs badiiy rahbari dotsent Farruh Egamberdiyev tomonidan sahnalashtirildi. Shuningdek, aktyorlik fani o‘qituvchilari Sohibjon Valiyev hamda Komola Jalilovalar yaqindan yordam berishgan. Spektakl bosh qaxramoni Turandotni institutning iqtidorli va mahoratli talabalaridan biri, […]


