Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Rossiya davlat teatr san’ati instituti (GITIS) rektori, professor Grigoriy Zaslavskiy, shuningdek, “Rossotrudnichestvo” agentligining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Irina Staroselskaya hamda GITISning bir qator professor-o‘qituvchilari institutga tashrif buyurishdi. Mehmonlarni institut Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Shohbek Ergashev, fakultet dekanlari hamda professor-o‘qituvchilar kutib olishdi. […]


