Chelyabinsk madaniyat instituti vakillari tomonidan konsert dasturi o‘tkazildi

Xabaringiz bor, yaqinda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamda Chelyabinsk madaniyat instituti o‘rtasida yangi memorandum shartnomasi imzolangandi. Bugun O‘zDSMI o‘quv teatrida Chelyabinsk oliygohining xalqaro tanlovlar lauretlari ishtirokida konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Yetuk kompozitorlar tomonidan ijro etilgan musiqalar tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi.

O‘zDSMI Nukus filialida Najimatdin Ansatbayevning 80 yillik yubileyi nishonlandi

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Nukus filialida O‘zbekiston xalq artisti, Berdaq nomidagi davlat mukofoti laureati, «Mehnat shuhrati», «El-yurt hurmati», «Do‘stlik» ordenlari sohibi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi, professor Najimatdin Ansatbayevning 80 yillik yubileyiga bag‘ishlangan respublika ilmiy-nazariy konferensiya o‘tkazildi. Unda filial professor-o‘qituvchilari tomonidan Najimatdin Ansatbayevga tabriklar va sovg‘a-salomlar yo‘llandi. Konferensiya so‘ngida konsert dasturi namoyish etildi.

«Debyut-2023» respublika ko‘rik-festivali muhokamasi bo‘lib o‘tdi

29-noyabr kuni «Renessans Holl» majmuasida «O‘zbek kinosi — yangi nigoh» kino oyligi doirasida o‘tkaziladigan «Debyut-2023» respublika kinofestivalini tashkiliy jarayonlari muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov, agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Rizayev, Kinoarboblar uyushmasi raisi Matyoqub Matjonov, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori v.b. Eldor Shermanov, oliygoh kafedra mudirlari hamda […]

O‘zbek kinosi dovrug‘ini birgalikda yuksaltirish sari

Xabaringiz bor, joriy yilning dekabr oyida mamlakatimizda tashkil etilishi rejalashtirilgan kinooylik doirasida «Oltin Humo-2023» milliy kinotaqdimoti o‘tkaziladi. Shu bilan birga, yosh kinoijodkorlar ishtirokida «Debyut-2023» qisqa metrajli filmlar tanlovi va boshqa bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tadi. Mazkur kinooylikda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining professor-o‘qituvchilari va talabalari ham ishtirok etadi. Bugun oliygoh rahbariyati boshchiligida mazkur tadbirlarni […]

Oqilxon Ibrohimov xotirasiga bag‘ishlangan ilmiy-nazariy konferensiya o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida musiqashunos olim, san’atshunoslik fanlari doktori, professor Oqilxon Ibrohimovning yorqin xotirasiga bag‘ishlangan «O‘zbek musiqiy merosining ta’lim tizimidagi o‘rni va ahamiyati» mavzusida respublika ilmiy-nazariy konferensiyasi o‘tkazildi. Konferensiyani oliygoh rektori v.b. Eldor Shermanov ochib berdi. «So‘nggi yillarda madaniyat va san’at sohasiga har qachongidan ko‘proq e’tibor qaratilmoqda. So‘zlarimning isbotini statistik ma’lumotlar ham […]

«Zakovat» intellektual o‘yinining noyabr oyi g‘oliblari aniqlandi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida «Zakovat» intellektual o‘yinining noyabr oyi 4-tur bahslari o‘tkazildi. Mazkur bahslarda oliygohda kunduzgi va sirtqi ta’lim yo‘nalishlarida tahsil oluvchi o‘nga yaqin jamoa ishtirok etdi. Natijalarga ko‘ra, kino, televideniye va radio san’ati fakulteti talabalari oy g‘olibi sifatida ko‘chma kubokni yana o‘zlarida olib qolishga muvaffaq bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, bellashuvlar haftaning har […]

O‘zDSMIda zamonaviy mehmonxona ochildi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida qayta ta’mirlanib, zamonaviy ko‘rinishda jihozlangan mehmonxonaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar ishtirok etib, xonalarni bevosita ko‘zdan kechirdi. «So‘nggi yillarda xorijiy mamlakat oliygohlari bilan hamkorlik aloqalarimiz qamrovining kengayib borishi natijasida institutimizga mahorat darslari o‘tkazish hamda tajriba almashish maqsadida tashrif buyurayotgan chet ellik professor-o‘qituvchilar va talabalarning soni […]

O’zDSMIda «Talabalar oqshomi» konsert dasturi namoyish etildi

O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida talabalar turar joyida yashovchi ijodkor talabalar tomonidan «Talabalar oqshomi» deb nomlangan konsert dasturi namoyish etildi. Unda talabalar darslar davomida o’zlashtirgan ijodiy mahoratlarini namoyish etib, tadbirga yig’ilgan barchaga xush kayfiyat ulashdi. Tadbir so’nggida talabalar turar joyida namunali yashayotgan talabalarga rahbariyat tashakkurnomari topshirildi. Bunday yuqori kayfiyatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar talabalarning bo’sh vaqtini […]

image_pdfimage_print