O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yilda YUNESKO bosh konferensiyasi 43-sessiyasining Samarqand shahrida o‘tkazilishiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-128-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti delegatsiyasi tomonidan Tailandning Bangkok shahridagi Chulalongkorn universitetida O’zbekiston tarixi va milliy madaniyatimizga bag’ishlangan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir avvalida O’zbekiston Respublikasining Bangkok shahridagi Bosh konsuli, BMTning Osiyo va Tinch okeani Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasining (ESKATO) doimiy vakili Faxriddin Sultonov hamda institut prorektori Shohbek Ergashev so’zga chiqdi.
Tadbirda ulug‘ ajdodlarimizning ilmiy-ma’rifiy merosi haqida hikoya qiluvchi taqdimotlar, milliy hunarmandchilik va qandaolat mahsulotlari namunalari ko‘rgazmasi namoyish etildi.
Shuningdek, institut professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlari tomonidan milliy kuy-qo‘shiq va raqslar hamda mumtoz g’azallardan iborat teatrlashtirilgan konsert dasturi namoyish etildi.
Vakillarimiz bugun yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, buning natijasida yuz berayotgan ulkan o‘zgarishlar, O‘zbekkistonning turizm salohiyati, tarixiy obidalari haqida ham ma’lumot berib o‘tishdi.
Quvonarli tomoni, tadbir ishtirokchilarining aksariyati yurtimiz hamda o’zbek san’ati va madaniyati to’g’risida, ayniqsa, so’nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida yetarli ma’lumotga ega ekanliklarini hamda bu o’zgarishlarni katta qiziqish bilan kuzatib borayotganliklarini ta’kidlab o’tishdi.
Tadbirda Chulalongkorn universiteti vakillari bilan bir qatorda turli tashkilotlari va diplomatik korpus vakillari, xorijiy oliy ta’lim muassasalari talabalari va keng jamoatchilik ishtirok etishdi.
Institut delegatsiyasi tarkibidan О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artisit, Milliy qо‘shiqchilik kafedrasi professori Axmatjon Dadayev (g‘ijjak cholg‘usi ijrochisi va xonanda), Sahna nutqi kafedrasi professori, san’atshunoslik fanlari nomzodi Go‘zal Xoliqulova (boshlovchi, g‘azal ijrochisi), Sahna harakati va jismoniy madaniyat kafedrasi dotsenti, san’atshunoslik fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD) Sardor Mannonov (boshlovchi va rejissyor), Milliy qо‘shiqchilik kafedrasi katta о‘qituvchisi Qahramon Tо‘rayev (doira cholg‘usi ijrochisi), Cholg‘u ijrochiligi kafedrasi dotsenti Yusuf Vaxidov (nay cholg‘usi ijrochisi), Folklor va etnografiya kafedrasi о‘qituvchisi Oybek Xamroyev (qashqar rubobi ijrochisi va xonanda), Estrada aktyorligi san’ati ta’lim yо‘nalishi talabalari Diyorabonu Olimova va Aziza Nuriddinova (milliy raqs ijrochilari) va boshqalar o‘rin oldi.
Mazkur tadbirlar davlatchiligimiz rivojining uch ming yildan ziyod tarixi, jahon sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning ilmiy, madaniy va maʼnaviy merosi hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijalarini xorijiy davlatlarda keng targ‘ib qilish hamda ular bilan hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etilmoqda.