Yig‘ilishda barcha prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va tayanch doktorantlar ishtirok etdi.

Yig‘ilish avvalida institut rektori, professor Nodirbek Sayfullayev Rossiya Federatsiyasi Butunrossiya Davlat kinematografiya universitetida o‘tkazilgan «Восхождение» II xalqaro talabalar kinofestivalida institut nomidan ishtirok etgan Ovoz rejissorligi va opreatorlik mahorati kafedrasi dotsenti Diloram Mirsaidova, Kinoteleopratorlik ta’lim yо‘nalishi 3-bosqich talabasi Mansurbek Umurzakov hamda San’atda animatsiyaviy va multimediyaviy loyihalash ta’lim yо‘nalishi 2-bosqich talabasi Diyorbek Erkinbayevlarni tashakkurnoma bilan taqdirladi.

Xabaringiz bor joriy yilning sentabr oyida Farg‘ona viloyatida “Xush kayfiyat” kо‘rik-tanlovining respublika bosqichi o‘tkazildi. Ushbu tanlovning Qiziqchilik yо‘nalishida Teatr san’ati fakulteti Musiqali teatr aktyorligi ta’lim yо‘nalishi sirtqi ta’lim 5-bosqich talabasi Bahodir Fozilov 2-о‘rinni egallagan edi.

Ushbu iqtidorli talabaning ham yutuqlari e’tirof etilib, tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

❗️Shundan so‘ng yig‘ilishda institutda ilmiy sohada olib borilayotgan ishlar, tayanch doktorantlarning ilmiy tadqiqotlari tanqidiy va tahliliy ko‘rib chiqildi hamda ilmiy sohani rivojlantirish bo‘yicha bir qancha vazifalar belgilab olindi.

Ushbu masalalar yuzasidan mutasaddilarning axborotlari tinglandi hamda barcha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Yig‘ilishda Nodirbek Sayfullayev har qanday sohaning taraqqiyoti uning ilmiy-nazariy asosining mustahkamligi bilan ham chambarchas bog‘liq ekanligini, institutda asosiy e’tibor ijodiy yо‘nalishlarga qaratilgan bо‘lsa-da, pedagog kadrlar о‘z sohalari bo‘yicha ilmiy izlanish va tadqiqotlar olib borishlari zarurligini aytib o‘tdi hamda ilmiy sohani rivojlantirish yuzasidan har qanday taklif va g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlashga va birgalikda rivojlantirishga tayyor ekanligini yana bir bor ma’lum qildi.