
⚡️ Bugun Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Yoshlar ittifoqi Boshlang‘ich tashkiloti tomonidan talabalar oʻrtasida an’anaviy ravishda o’tkazib kelinayotgan «Zakovat» intellektual oʻyini oktabr oyi 2-tur bahslari bo’lib o’tdi. Bunda 4 ta fakultetdan jami 9 ta jamoa ishtirok etdi.
➡️➡️Eslatib o’tamiz g’olib jamoa har oyning so’ngida aniqlanadi va ko’chma kubok taqdim etiladi.
🔔 Eslatma: «Zakovat» turniri har haftaning shanba kuni soat 14:00 da boshlanadi. Jamoalar soni chegaralanmagan, barcha talabalarni faol ishtirok etishga chorlaymiz.