❗️Prorektorlar, teatr jamoasi hamda tegishli mas’ullar ishtirokida o’tgan yig‘ilish avvalida, rektor bugun institutning ma’naviy-ma’rifiy faoliyatida O’quv teatri jamoasining ham alohida o’rni borligini, ular ko’plab tadbirlarning sifatli o’tkazilishida o’z hissalarini qo’shib kelayotganini ta’kidladi.

Shu bilan birga, bugun O’quv teatri nima bilan band degan savol qo’yildi. Ijodiy faoliyat borasida sustkashlik kuzatilayotgani aytildi. Zamon talabidan kelib chiqib spektakllar sahnalashtirish lozimligi, buning uchun O’quv teatrining imkoniyatlari yetarli ekanligi qayd etildi.

Ushbu masalalar yuzasidan teatr jamoasining ham fikr-mulohazalari tinglandi.
Shuningdek, O’quv teatri kelgusi faoliyatini yanada rivojlantirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

✅Yig‘ilish yakunida institut rektori bugun yurtimizda Hurmatli Prezidentimiz tomonidan san’at va madaniyat sohasiga berilayotgan e’tibor va g’amxo’rlikdan unumli foydalangan holda sifatli spektakllar yaratish, konsert dasturlari tashkil etish, bir so’z bilan aytganda, soha rivojiga xizmat qilish barchamizning oldimizda turgan dolzarb vazifa ekanligini aytib o’tdi.