O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish bo‘yicha 2025-yil uchun “Yo‘1 xaritasi”ning 27-bandida “UI GreenMetric” platformasini joriy etish vazifasi belgilangan.
Shundan kelib chiqib, muassasaning rasmiy veb-saytida “Yashil universitet” bo‘limini yaratish, bo‘limga matnli, vizual va interaktiv shaklda ma’lumotlarni joylashtirib borish (infografika, dinamik statistika), shuningdek, ommaviy axborot vositalari (televideniye, radio, bosma va elektron nashrlar)da ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar, ekologik loyihalar va yutuqlarni doimiy yoritib borish so‘raladi.
Bugungi kunda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti «Yashil universitet» doirasida amalga oshirilgan ishlar quyidagilardan iborat.
Shuningdek, asosiy tadbir bilan bir vaqtda O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti jamoasi ham “Yashil kelajak” umumrespublika marafonida ishtirok etdi.
Bugun madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov boshchiligida Madaniyat vazirligi jamoasi hamda el suygan taniqli madaniyat va san’at vakillari ishtirokida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida ajratilgan 2,5 gektar yer maydonida 2 ming tup daraxt nihollari o‘tqazildi.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti jamoasi Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Shohbek Ergashev boshchiligida ishtirok etdi.
O‘zbekistonda “Yashil makon” umummilliy loyihasini yanada ommalashtirish, ekologiya sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish va ilg‘or texnologiyalarni keng joriy etish hamda “O‘zbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, Madaniyat vazirligi tizimidagi tashkilotlarda ham daraxt nihollari o‘tqazilmoqda.
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti ilk bor “UI GreenMetric World University Ranking 2024” xalqaro reytingida TOP-1000 talikdan joy egalladi
“UI GreenMetric World University Ranking” xalqaro reytingining 2024-yil natijalari e’lon qilindi. Bu yil ushbu reytingda dunyo bo‘yicha 1477 ta universitet ishtirok etdi.
Universitetlarda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlari hamda yashil iqtisodiyot bilan amalga oshirilayotgan ishlar natijalarini taqdim etuvchi ushbu reytingda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari orasida yuqori natijalarni qayd etib, 947-o‘rinni egallab TOP-1000 talikdan joy egalladi.
Ma’lumot uchun: UI GreenMetric World University Ranking 2024 xalqaro reytingida O‘zbekiston Respublikasidan jami 52 ta universitet ishtirok etib, ulardan 30 tasi TOP-1000 talik ro‘yxatga kiritildi. “UI GreenMetric World University Ranking” quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z reytingini yuritadi va umumiy natijalarni e’lon qiladi:
– Setting & Infrastructure;
– Energy & Climate Change;
– Waste;
– Water;
– Transportation;
– Education & Research.
Ma’lumki, Davlatimiz Rahbari tomonidan kelgusi 2025-yilni “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili deb e’lon qilindi.
Yurtboshimiz bu masalaning ahamiyati haqida tо‘xtalib, “Biz mо‘tabar ona zotini qanday yuksak hurmat-ehtirom qilsak, о‘zimizni qurshab turgan tabiatga ham shunday munosabatda bо‘lishimiz zarur” deya ta’kidladilar.
Shu bois О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida ham bunga doir bir qancha vazifalarni belgilab olindi.
Yuqoridagi e’tirof institut jamoasining “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishni maqsad qilgan loyihalarining dastlabki namunasi, desak mubolag’a bo’lmaydi.
🍀2025-yil «Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot yili»ga bag’ishlangan «Yashil makonda – yashil iqtisodiyot» nomli videoroliklar tanlovi NIZOMI
Tanlov haqida qo’shimcha ma’lumot uchun quyidagi raqamlarga murojaat qilishiningiz mumkin:
+998 99 878 98 38
+998 97 265 16 61
+998 94 636 07 28
O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti 2025-yil «Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot yili»ga bag’ishlangan 🍀»Yashil makonda – yashil iqtisodiyot» nomli videoroliklar tanlovini e’lon qiladi.
Tanlovda O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida bakalavriat, magistratura hamda doktorantura bosqichida tahsil olayotgan yoshlar ishtirok etishlari mumkin.
Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo’yicha o’tkaziladi:
Eng yaxshi videorolik
Eng yaxshi kreativ g’oya
Eng yaxshi ssenariy
Eng ko’p tomoshabin e’tirofi
Eng yaxshi operatorlik ishi
Eng yaxshi rejissyorlik ishi
«Atrof-muhitni asrash va «yashil» iqtisodiyot yili» uchun Tanlovga videroliklari 2025-yil 30-aprel kuniga qadar (shu kuni ham) Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limida qabul qilinadi.
G’oliblar institut rahbariyati tomonidan munosib taqdirlanadi.
Tanlov haqida qo’shimcha ma’lumot uchun quyidagi raqamlarga murojaat qilishiningiz mumkin:
+998 99 878 98 38
+998 97 265 16 61
+998 94 636 07 28
Videoga havola: O’zDSMI Yashil universitet