О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori
«Xorijiy fuqarolarni О‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga о‘qishga qabul qilish va о‘qitish tartibini takomillashtirish tо‘g‘risida»
2008 yil 4 avgust, 169-son

 

III. Hujjatlarning rо‘yxati va ularni taqdim etish tartibi
18. Xorijiy fuqarolar О‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga о‘qishga kirish uchun tegishli ta’lim muassasasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
о‘qishga qabul qilish haqida ariza;
о‘rganilgan fanlar va ular bо‘yicha imtihonlarda olingan baholar (ballar) kо‘rsatilgan ma’lumoti haqidagi hujjatlarning asl nusxalari;
referat yoki e’lon qilingan ishlarning rasmiy ravishda tasdiqlangan rо‘yxati (tayanch doktoranturaga kiruvchilar uchun);
sog‘lig‘i tо‘g‘risidagi tibbiy xulosa;
milliy pasport (amaldagi vizasi bilan) yoki tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma;
4 x 6 sm о‘lchamdagi 6 ta fotosurat.

 

Onlayn suhbat о‘tkazish sanasi qо‘shimcha ma’lum qilinadi. Suhbat ZOOM orqali о‘tkaziladi.