| Bo’lim boshlig’i: |
Turayeva Zilola Shavkatovna⌚ Qabul kunlari: har kuni soat 10:00 dan 15:00 gacha. ☎ Telefon:71 230 28 16 📧 e-mail: |
| Xalqaro aloqalar bo’limi haqida: |
| “Xalqaro aloqalar” bо‘limi institutning xorijiy oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot markazlari va malaka oshirish institutlari bilan hamkorlikni yо‘lga qо‘yish, eng sо‘nggi о‘quv va ilmiy tajribalarni о‘rganish va ularni ta’limga tadbiq etish, talaba va professor-о‘qituvchilarni dunyoning nufuzli ta’lim muassasalarida tajriba orttirib qaytishi kabi tashkiliy ishlarni muvofiqlashtiruvchi va boshqaruvchi bо‘limdir. Bu esa pirovardida ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Shu bilan birga, bо‘lim xalqaro aloqalarni rivojlantirish, kadrlar tayyorlash jarayonini takomillashtirish hamda о‘quv-uslubiy va ilmiy tadqiqot ishlarida jahon tajribasidan samarali foydalanish maqsadida tashkil qilingan. Ushbu bо‘lim san’at va madaniyat sohasida xorijiy mamlakatlar bilan о‘zaro tajriba almashishga va institut talabalarining nufuzli xalqaro kо‘rik-tanlovlarida ishtirok etishiga zamin yaratishga yо‘naltirilgan.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, institut talabalari xorijiy davlatlarda bо‘lib о‘tgan kо‘rik-tanlovlarda ishtirok etib, nufuzli о‘rinlarni egallab qaytishmoqda. Bu esa о‘z navbatida, о‘zbek san’ati va madaniyatining dunyo miqyosida tarannum etilishiga sharoit yaratib bermoqda. Bundan tashqari, talabalar tomonidan yaratilgan filmlar xalqaro kinofestivallarda namoyish etilib, yuqori darajadagi sovrinlarga sazovor bо‘lmoqda. Bu о‘z о‘rnida talabalarga yanada kо‘proq о‘z ustida ishlashiga va samarali ijod qilishiga turtki bо‘lyapdi. Institut professor-о‘qituvchilari va tadqiqotchilari esa dunyoning turli mamlakatlarida bо‘lib о‘tadigan ilmiy-ijodiy konferensiyalarda о‘z ma’ruzalari bilan qatnashib qaytmoqdalar. Bunday tajriba almashinish professor-о‘qituvchilarni о‘quv jarayoniga yangiliklar kiritishiga imkon bermoqda. |
| Xalqaro aloqalar bo’limining maqsadi va vazifalari: |
|
| Xalqaro hamkorlik: |
| Hozirgi kunda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida 15 ta xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalari tuzilgan.
Bular: Rossiya Federatsiyasi:
Qozog‘iston Respublikasi:
Ozarbayjon Respublikasi:
Koreya Respublikasi:
Latviya Respublikasi:
Belorus Respublikasi:
Tojikiston Respublikasi:
|
| Xalqaro dasturlari: |
| Xalqaro shartnomalar xalqaro grantlar va loyihalarda ishtirok etish imkoniyatini beradi. O’zDSMI xalqaro loyihalarda faol ishtirok etadi va professor-o’qituvchilar malakasini oshiradi hamda moddiy-texnik bazani yaxshilaydi.
Xorijiy tashkilotlarning grantlari va loyihalari: «O’zbekiston oliy o’quv yurtlarida doktorantura sifatini oshirish UzDOC 2.0» xalqaro loyihalar; «Markaziy Osiyoda nomoddiy madaniy meros bo’yicha sheriklar katalogini yaratish»; |


