Kafedra mudiri:

Muzafarova Saodat Xaydarovna

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, dotsent.

Qabul kunlari: Seshanba: 9:00 – 14:00

Telefon:71 230 28 57

📧 e-mail:

Kafedra qisqa tarixi:
1958-yilda A.N.Ostrovskiy nomli Teatr va rassomchilik institutida o‘zbek musiqa va drama teatrlari uchun maxsus o‘qitilgan kadrlarni tayyorlash uchun yangi musiqiy drama fakulteti ochildi. 60-yillarning boshlarida musiqa va drama fakultetida Vokal bo‘limi tashkil etildi. O‘qituvchilarning asosiy maqsadi talabalar o‘rtasida vokal va qo‘shiqchilik mahoratini shakllantirish, asarlardagi badiiy ifoda rivojiga hissa qo‘shish, vokal san’ati yordamida bo‘lajak aktyorlarning estetik va badiiy didini tarbiyalash edi.1974-yildan boshlab kafedrani O‘zbekiston xalq artisti dotsent Asat Azimov boshqaradi. A.Azimov yuqori madaniyatli professional qo‘shiqchi, lirik tenor ovoz egasi. U Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek davlat katta teatri spektakllarida bosh rollarni ijro etgan. A.Azimov yosh ijodkor avlodni tarbiyalashda katta mehnat va kasbiy mahoratini ayamagan. Bo‘lajak aktyorlarga vokal ijrochiligi bilan bir qatorda milliy qo‘shiqchilik san’atini o‘zlashtirish uchun ushbu bo‘limga A.Navoiy nomidagi Opera teatri yakkaxonlari Halima Nosirova, Sattor Yarashev, Sason Benyaminov, Ergash Yo‘ldoshev, Mixail Davidovlar taklif qilinadi. Ular o‘zbek opera sahnasining ustalari bo‘lib, o‘zbek mumtoz va xalq qo‘shiqlarini katta mahorat bilan ijro etganlar. Uzoq va samarali hayotlari davomida ular O‘zbekiston musiqa madaniyatiga ulkan hissa qo‘shganlar va shuningdek, ajoyib ustozlardan bo‘lib, samarali pedagogik ish olib borganlar. Xalq artistlari bilan bir qatorda musiqiy drama va vokal san’ati bo‘limi talabalarining rivoji va tarbiyasiga S.Murodxonov, Yu.Murodov, V.Kopilova, M.Musheev, M.Davidov, E.Pyatigorskaya, B.Lutfullayev, Sh.Pirmatov, G.Yeroshina, G.Xolboeva kabi yuqori malakali o‘qituvchilar ham ulkan hissa qo‘shganlar.

1980-yillarning boshlarida kafedra ikkita bo‘limdan iborat edi “Akademik ijro” va “An’anaviy qo‘shiqchilik”. “Akademik ijro” kafedrasida O‘zbekiston xalq artisti, professor Asat Azimov rahbarlik qilgan. “An’anaviy qo‘shiqchilik” kafedrasi mudiri etib O‘zbekiston xalq artisti, professor Sason Benyaminov tayinlangan. Bo‘limga xonandalar va musiqachilar O‘zbekiston xalq artistlari Berta Davidova, Kommuna Ismoilova, Orif Alimaxsumov, Isoq Kataev, O‘zbekiston xalq hofizi Orifxon Xotamov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Xadiya Yusupova, shuningdek, musiqachilar T.Maxmudov, S.To‘xtasinov, S.Tahalov, M.Odilov, S.Musheev, A.Rajabov, K.Jabborov, Q.Tillaboevlar taklif qilindi va kafedra qoshida sozandalar ansambli shakllandi. Sason Benyaminov ijodiy va pedagogik faoliyatining katta xizmati shundaki, u Yevropa va o‘zbek vokal san’ati an’analarini birlashtira oldi va talabalar uchun katta maktab yaratdi.

1988/2004-yillarda “An‘anaviy qo‘shiqchilik” kafedrasi tashkil etilib mudir lavozimiga S.Benyaminovning qobiliyatli shogirdi, go‘zal lirik ovoz sohibi Sh.Pirmatov tayinlandi. 2004-yildan 2011-yilga qadar kafedrada O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi B.Lutfullaev mudirlik qildi. Bu davrda O‘zbekiston xalq artisti X.Yusupova, R.Abdullaev, Q.Komilov, K.Kayumov, A.Rajabov, S.Murodxonov, Sh.Pirmatov, G.Xolboyeva, Y.Murodov, Q.Islamova, N.Qaxxarov, A.Mallaboyev, A.Ikromov, Q.Ayubov, R.Allanbayev, I.Saidumarov, M.Burxonova, R.Ismoilov, L.Savkina, O.Alimbekova, D.Malikova, D.Umarov, A.Bekchonov, shuningdek mahoratli jo‘rnavozlar: N.Zokirova, L.Kats, L.Raxmatova, D.Bekieva, G.Alimbekova, E.Godes, G.Musabaeva, M.Ovcharova, Z.Feyzullaeva, E.Abduraxmanova, F.Islamov, musiqachilar – M.Obidov, A.Rajabov, A.Ziyaev, X.Boboxonov, M.Oripovlar o‘z kasb mahoratlarini yoshlarga o‘rgatib kelganlar.

O‘zbekiston davlat san’at instituti va O‘zbekiston davlat madaniyat instituti negizida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi (2012-yil, 4-iyun, PQ-1771) qarori qabul qilindi. O‘DSMI Teatr san‘ati fakulteti qoshida “Vokal” kafedrasi tashkil etilib, kafedra mudiri lavozimida 2012/2017-yillarda professor Sh.Pirmatov, 2017/2019-yillarda D.Uzoqov ish faoliyatini olib bordilar.

Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, dotsent Muzafarova Saodat Xaydarovna rahbarligida “Vokal” kafedrasida ustozlardan professorlar Sh.T.Pirmatov, Q.T.Mirzaev, professor vazifasini bajaruvchi, pedagogika fanlari nomzodi Malikova S.S., professor vazifasini bajaruvchi Malikova D.M., professor vazifasini bajaruvchi, pedagogika fanlari nomzodi O.Vasilchenko, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, dotsent E.Rahimov, dotsent N.Kabulova, dotsent F.Mansurbekova, dotsent M.Xodjaeva, dotsent A.Sharipov, dotsent O.Alimbekova, dotsent vazifasini bajaruvchi D.Uzoqov, katta o‘qituvchi A.Yuldasheva, o‘qituvchilar N.Eminov, I.Saidumarov, D.Yuldasheva, A.Rajabiy, S.Azatov, A.Mirzayev, U.Yo‘ldoshev, jo‘rnavozlar N.Zokirova, E.Abduraxmanova, L.Raxmatova, J.Pak, N.Belyanova, G.Azizxodjayeva, F.Abdullayeva, A.Saruchina, G.Alimbekova, M.Ovcharova, N.Artiqova, N.Djamalxanova, D.Mamadaliyeva, F.Madaminova, M.Ibroximova, N.Toirova, L.Turganbayeva, M.Turginovalar ijodiy faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar.
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Kino, TV va radio san’ati fakulteti “Vokal ijrochiligi” ta’lim yo‘nalishi talabalari hamda Teatr san’ati fakulteti “Dramatik teatr va kino san‘ati”, “Musiqali drama san‘ati”, “Estrada va ommaviy tomoshalar san’ati”, “Qo‘g‘irchoq teatri san’ati” yo‘nalishlari talabalarini professional san’atkor qilib tarbiyalash jarayonida “Vokal” kafedrasining o‘rni va ahamiyati kattadir.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati:
  • 60112400 – Professional ta’lim: Xalq ijodiyoti (vokal ijrochiligi)
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:
• Vokal
• Vokal ansambli
• Vokal texnikasi asoslari
• Jamoa ijrochiligi
• Dirijyorlik
• Xonandalikni o‘qitish metodikasi
• Vokal jamoalari bilan ishlash uslubiyoti
• Aranjirovka
• Vokal va zamonaviy musiqa
• Partitura o‘qish
• Musiqada zamonaviy texnologiya
• Dirijyorlik amaliyoti
• Vokal amaliyoti
Kafedraning professor-о‘qituvchilarining tarkibi:

1. Muzafarova Saodat Xaydarovna – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, dotsent
2. Pirmatov Sherzod Tursunovich – “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi, professor
3. Mirzayev Qodir Toirovich – professor
4. Malikova Sevar Samatovna – pedagogika fanlari nomzodi, professor v.b.
5. Vasilchenko Olga Anatolyevna – pedagogika fanlari nomzodi, professor v.b.
6. Kabulova Nadira Xolxodjayevna – dotsent
7. Rahimov Erkin Islamovich – O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, dotsent
8. Malikova Dilbar Mirsagdiyevna – “Do‘stlik” ordeni sohibasi, professor v.b.
9. Mansurbekova Feruza Gayratovna – dotsent
10. Xodjayeva Maxfuza Xalilovna – dotsent
11. Sharipov Azamat Shonazarovich – dotsent
12. Alimbekova Oydin Ibragimovna – dotsent
13. Uzoqov Dilmurod Sultonovich – dotsent v.b.
14. Yuldasheva Aynisa Abdullayevna – katta о‘qituvchi
15. Eminov Nurillo Qosim о‘g‘li – о‘qituvchi
16. Rajabiy Aziz Hasanovich – о‘qituvchi
17. Saidumarov Isroil Yuldashevich – “Nihol” mukofoti sovrindori, о‘qituvchi
18. Mirzayev Anvar Furqat о‘g‘li – “Nihol” mukofoti sovrindori, о‘qituvchi
19. Azatov Sardorbek Elbrusovich – Respublika va Xalqaro tanlovlar laureati, о‘qituvchi
20. Yuldasheva Diyora – о‘qituvchi
21.Yо‘ldashev Umidjon – о‘qituvchi

Tashqi о‘rindoshlar
1.Samikova Gulnara Salimdjanovna – katta о‘qituvchi
2.Azizova Gulshan Xafizovna – о‘qituvchi

Jо‘rnavozlar
1. Zokirova Noila – yetakchi jо‘rnavoz
2. Pak Janna – yetakchi jо‘rnavoz
3. Belyanova Natalya – yetakchi jо‘rnavoz
4. Abduraxmanova Elvira – yetakchi jо‘rnavoz
5. Djamalxanova Nargiza – yetakchi jо‘rnavoz
6. Raxmatova Liliya – jо‘rnavoz
7. Azizxodjayeva Gulnora – jо‘rnavoz
8. Madaminova Feruza – jо‘rnavoz
9. Abdullayeva Feruza – jо‘rnavoz
10. Saruchina Albina – jо‘rnavoz
11. Artikova Nargiza – jо‘rnavoz
12. Ovcharova Mariya – jо‘rnavoz
13. Alimbekova Gulnora – jо‘rnavoz
14. Ibroximova Mavluda – jо‘rnavoz
15. Mamadaliyeva Dilorom – jо‘rnavoz
16. Turginova Muldira – jо‘rnavoz
17.Toirova Nargiza – jо‘rnavoz
18.Turganbayeva Luiza – jо‘rnavoz

Kafedraning ilmiy ishlari (oxirgi 5 yilda chiqarilgan darsliklar, monografiyalar va о‘quv qо‘llanmalar rо‘yxati):
Muzafarova S.X.
1. Aranjirovka. O‘quv qo‘llanma. 2018-y.
2. Vokal ansambli. O‘quv qo‘llanma 2020-y.
3. Аранжировка. Учебное пособие. 2020-y.
4. Вокальный ансамбль. Учебное пособие. 2023-y.
5. Vokal ansambli. Darslik. 2024-y.

Pirmatov Sh.T.
1. Vokal texnikasi asoslari. O‘quv qo‘llanma. (D.Malikova bilan hammualliflikda.) 2022 y.

Mirzaev Q.T.
1. Badiiy jamoalar bilan ishlash uslubiyoti. O‘quv qo‘llanma.
2. Методика работы с вокальными коллективами. Учебное пособие.

Malikova S.S.
1. Dirijorlik. Oʻquv qoʻllanma. 2018 yil. (O.A.Vasilchenko bilan hammualliflikda)
2. Дирижирование. Учебное пособие. 2020 г. (В соавторстве с О.А.Васильченко.)
3. Xor adabiyoti. Darslik. 2022 yil.

Vasilchenko O.A.
1. Дирижирование. Учебное пособие. (В соавторстве с Маликовой С.С.). 2018 г.
2. Дирижирование. Учебное пособие. (В соавторстве с Маликовой С.С.) 2020.
3. Хоровая литература. Учебник. 2022 г.

Malikova D.M.
1. Vokal. O‘quv qo‘llanma.
2. Xor sinfi (F.Mansurbekova bilan hammualliflikda).
3. Xor sinfi. Darslik. 2021 y.
4. Vokal texnikasi asosolari. O‘quv qo‘llanma. (Sh.Pirmatov bilan hammualliflikda.) 2022y
5. Dirijorlik. Darslik. 2023 y.

Rahimov E.I.
1. Vokal. O‘quv qo‘llanma. 2019 y.
2. Vokal. Uslubiy qo‘llanama. 2021 y.

Mansurbekova F.G.
1. Xor sinfi. O‘quv qo‘llanma. (D.Malikova bilan hammualliflikda.).
2. Xor sinfi. O‘quv qo‘llanma. 2020y

Xodjaeva M.X.
1. Xor partiturasini o‘qish. O‘quv qo‘llanma. 2018 y.
2. Чтение хоровых партитур. Учебное пособие. 2020г.

Sharipov A.Sh.
1. Vokal. O‘quv qo‘llanma. 2021 y.

Alimbekova O.I.
1. Vokal. “Yagonasan muqaddas Vatan”. (Xrestomatiya). 2018 y.
2. Vokal ansambli. O‘quv qo‘llanma. 2020 y.

Uzoqov D.S.
1. Vokal. O‘quv qo‘llanma. 2020 y.

Yuldasheva A.A.
1. Vokal. O‘quv qo‘llanma. 2020 y.

Kafedraning ilmiy va amaliy hamkorlari:
Vokal” kafedrasining quyidagi BMSM, san’at kollejlari va teatrlar bilan hamkorligi mavjud
Kafedraning korxona va tashkilotlar bilan aloqalari:
1. 2-sonli BMSM
2. Sh.Yormatov nomidagi “Bulbulcha” bolalar ashula va raqs ansambli.
3. Guliston ixtisoslashtirilgan san‘at maktabi.
4. Muqimiy nomidagi musiqali drama va komediya teatri.