Institut talabalarining amaliyotlarini о‘tkazish uchun 30 dan ortiq davlat va nodavlat muassasalari bilan hamkorlik shartnomalari tuzilgan. Jumladan, О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi, viloyat madaniyat boshqarmalari, tuman madaniyat bо‘limlari, Madaniyat markazlari, Bolalar musiqa va san’at maktablari, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktab internatlari, Respublika istirohat bog‘lari, Badiiy havaskorlik jamoalari, teatr muassasalari, muzeylar, Davlat sirki, Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy metodik markazi, О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, О‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, О‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi, Kinematografiya agentligi, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayin instituti, О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi, Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi DUK, О‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi, “О‘zbekkino“ Milliy agentligi, “Vatan” Kinostudiyasi, “FOX MUSIC CINEMA” studiyasi, О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti, Toshkent shahar “Bilim” nomidagi axborot-kutubxona markazi, Respublika bolalar kutubxonasi, О‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining asosiy kutubxonasi, Alisher Navoiy nomidagi О‘zbekiston Milliy kutubxonasi, О‘zbekiston davlat filarmoniyasi kabi tashkilotlar bilan hamkorlik asosida amalga oshirib keladi.

Malaka amaliyot jarayonlari amaliyot bazalari etib belgilangan obe’ktlarda talabalar uchun shart–sharoitlar yaratish bо‘yicha tuzilgan hamkorlik shartnomalari asosida tashkil etilishi belgilangan.

Talabalar institutda olgan nazariy bilim kо‘nikmalarini Madaniyat va san’at muassasalari va tashkilotlarida amaliyot jarayonida qо‘lashlarida zarur bо‘lgan texnik jihozlar bilan moliyaviy imkoniyatlar darajasi ta’minlangan.