O’ZBEKISTON MADANIYATI VA SAN’ATI ilmiy-uslubiy, nazariy-amaliy elektron jurnali JURNAL HAQIDA: Respublikamizda olib borilayotgan islohotlar, tub o‘zgarishlar, san’at va madaniyat sohasiga ham yangi innovatsion texnologiyalarning kirib kelishi va bu sohaga bo‘lgan e’tibor, milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizga sodiqlik, kelajakka bo’lgan umid va ishonch, ilm-fanning turli jabhalaridagi yuksalishlar, muhtaram prezidentimizning yoshlarga yaratib berayotgan keng imkoniyatlarini, Yangi O‘zbekistonda yangicha dunyoqarash g‘oyalarining targ‘ibi sifatida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyati instituti qoshida “O‘zbekiston madaniyati va san’ati” ilmiy-uslibiy, nazariy-amaliy elektron jurnal tashkil etildi. Ushbu elektron jurnal О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2025-yil 31-oktabrdagi №376/5-sonli qarori bilan san’atshunoslik fanlari bо‘yicha dissertatsiyalar yuzasidan asosiy ilmiy natijalarni chop etishga tavsiya etilgan nashrlar rо‘yxatiga kiritildi. Jurnalning maqsad va vazifalari: -ilmiy yо‘nalishlarni; -hukumatning ilm-fanni qо‘llab-quvvatlash va rivojlantirish borasidagi siyosatini keng targ‘ib qilish; -respublikamizning oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy markazlari va xorijda bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalarini nashr etish; -talaba yoshlarning dunyoqarashini boyitish, qо‘lga kiritilayotgan yutuqlar va ilg‘or tajribalarni jamoatchilikka yetkazishda targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish; -ta’lim jarayonini, yangi pedagogik texnologiyalar va о‘qitish usullarini sifat jihatidan yangilash va zamonaviy tashkiliy shakllarini keng targ‘ib qilish; -oliy ta’limda ilm-fanni yanada rivojlantirish, professor-о‘qituvchilarining ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga keng jalb etish; -yuksak ma’naviyat va insoniylikning milliy an’analariga sodiqlik ruhini shakllantirish, jamiyatda yot g‘oya va mafkuralarga nisbatan immunitet va tahliliy tafakkurni mustahkamlash bо‘yicha keng kо‘lamli ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni yoritib borish. Jurnal foydalanish uchun ochiq. Jurnalning e’lon qilingan sonlari tarkibi va maqola matnlari saytning “Arxiv” ruknida erkin foydalanish uchun ikki xil: veb sahifa va kitob ko’rinishida joylashtirilgan. Jurnal muassisi: O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hisoblanadi. Nashr davriyligi: Jurnal davomiy e’lon qilib boriladigan tarmoq nashri bo‘lib, uning bosma muqobil varianti mavjud emas. Jurnal bir yilda 6 marotaba chop etiladi. Har ikkinchi oyning 20-sanasi e’lon qilish muddati etib belgilangan. Taqrizlash: E’lon qilish uchun qabul qilingan maqolalar antiplagiat dasturi orqali tekshirilgandan so’ng muallif haqidagi ma’lumotlar ma’lum qilinmagan holda taqrizga yuboriladi. Maqola tili: Original, avval hech qayerda e’lon qilinmagan, o‘zbek, rus, qoraqalpoq, ingliz tillaridagi maqolalar qabul qilinadi. Indeksatsiyalash: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi, Crossref, DOI (digital object identifier), eLIBRARY, E-Line, Google scholar. “Google Akademiya” – publikatsiyalarning barcha ko‘rinish va tartiblari uchun qidiruv tizimi. Maqolalarni moliyalashtirish. Muallif hisobidan amalga oshiriladi. Narxi – 400 000 (to‘rt yuz ming) so‘m. Kontakt ma’lumotlar. Ilmiy jurnal muharriri – Nigora Xolmuminova Xankulovna. Telefon: +998 97 408 49 84, Elektron pochta: sanatmadaniyat4@gmail.com Telegram linki: @m_s_jurnali Tahririyat manzili: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, 100164, Yalang‘och dahasi, 127-“A” uy. Hamkorlarimiz: Googl scholar, DOI. TAHRIRIYAT JAMOASI: “O‘zbekiston madaniyati va san’ati” ilmiy-uslubiy, nazariy-amaliy elektron jurnali Bosh muharrir: Sayfullayev Nodirbek Baxtiyorovich Tarix fanlari nomzodi,professor Bosh muharrir o‘rinbosari: Yakubov Baxtiyor Choriyevich Sanʼatshunoslik fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD),dotsent Ma’sul kotib: Xolmuminova Nigora Xankulovna Texnik muharrir: Nematov Shuxratjon muxtor o‘g‘li Jamoatchilik kengashi: Ozodbek NAZARBEKOV O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri, O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti Shuhratilla RIZAYEV О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori, filologiya fanlari nomzodi, professor, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan yoshlar murabbiysi Otabek XASANOV Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi direktori, siyosiy fanlari doktori (DSc) Yodgor SA’DIYEV O‘zbek Milliy akademik drama teatri direktori, O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti Nodira MUSTAFOYEVA O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘limi boshlig‘i, tarix fanlari doktori, professor Kamola AKILOVA O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasi direktori, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, san’atshunoslik fanlari doktori (DSc), professor Jannat ISMOILOVA O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi direktori, tarix fanlari doktori, professor Umida TESHABOYEVA O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy komunikatsiyalar agentligining Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi direktori Sirojiddin SAYYID O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq shoiri Rustam ABDULLAYEV O‘zbekiston Bastakorlar uyushmasi raisi, O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi Tahrir hay’ati: Muhabbat TULYAXODJAYEVA San’atshunoslik fanlari doktori, professor Sarvinoz QODIROVA San’atshunoslik fanlari doktori,professor Oltinoy TOJIBOYEVA San’atshunoslik fanlari doktori,professor Go‘zal XALIKULOVA San’atshunoslik fanlari nomzodi, dotsent Rustambek ABDULLAYEV O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, san’atshunoslik fanlari doktori, professor Ravshan YUNUSOV O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor Akbar XAKIMOV O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, san’atshunoslik fanlari doktori, professor Nigora AXMEDOVA O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, san’atshunoslik fanlari doktori, professor Abduxalil MAVRULOV Tarix fanlari doktori, professor Sayyora TО‘YCHIYEVA Falsafa fanlari doktori,professor Viktor ALEMASOV Falsafa fanlari doktori, professor (v.b) Marfua XAMIDOVA San’atshunoslik fanlari doktori, professor Dilafruz QODIROVA San’atshunoslik fanlari doktori, professor Ma’rufjon YULDOSHEV Filologiya fanlari doktori, professor Guzalxon ISAKOVA Filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent Nilufar ISAKULOVA Pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Muhammadjon QURONOV Pedagogika fanlari doktori, professor Absalom UMAROV Sotsiologiya fanlari doktori, professor JURNAL MATERIALLARI NASHRI: “O‘zbekiston madaniyati va san’ati” ilmiy-uslubiy, nazariy-amaliy jurnal materiallari to‘plam holida nashr etiladi. Ekspertlar xulosasiga ko‘ra talabga javob bermaydigan materiallar qabul qilinmaydi. Tashkiliy qo‘mita materiallarni texnik tahrir qilish, shuningdek, maqola qabul qilinmaganda bu bo‘yicha izoh bermaslik huquqiga ega. №1 2025