Kafedra mudiri: |
Meliqo‘ziev Iqbol Mamasodiqovichsan’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor, kinooperator-kinorejissyor ⌚ Qabul kunlari: Shanba kuni soat:10:00-15:00 ☎ Telefon: 71 230 28 32 📧 e-mail: |
Kafedra qisqa tarixi: |
Ovoz rejissorligi va operatorlik mahorati kafedrasi 1991-yilda, O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng, O’rta Osiyoda birinchi bo’lib Оstrovskiy nomidagi teatr va rassomchilik institutida, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi, Davlat mukofoti sovrindori, professor Abdurahim Ismoilovning tashabbusi bilan “Kinoteleoperatorlik” bo’limi tashkil etildi. Talabalarga dars berish uchun amaliyotda katta tajriba orttirgan malakali mutaxassislar taklif qilindi. jumladan, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi Kim Gim Nyan, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi, davlat mukofoti sovrindori Xotam Fayziyev, “O’zbektelefilm” kinostudiyasi operatorlari: K.Karimov, N.Gerasimov, «O’zbekiston ilmiy ommabop va hujjatli filmlar studiyasi» operatori Sh.Mahmudov, G’.Shukurov va kinoinjener L.Muhamedovlar, keyinchalik «O’zbekfilm» kinostudiyasi operatori Hasan Fayziyev, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi, davlat mukofoti sovrindori, kinorejissyor – kinooperator Turdi Nodirov, «O’zbekfilm» kinostudiyasi kinoapparatura va optika bo’yicha muhandis va tasvirga olish texnik bo’limi boshlig’i Serafima Kim, “O’zbektelefilm” studiyasi kinooperatori Marat Soliev, «O’zbekfilm» kinostudiyasi rejissyor – montajchisi Adiba Nosirova, «O’zbekiston ilmiy ommabop va hujjatli filmlar studiyasi» rejissyor-operatori Marat Ismoilov kabi o’zbek kinosining taniqli namoyondalari kafedraga jalb qilinib, talabalarga soha sirlaridan ijodiy-nazariy tomonlaridan talim berib keldilar.2011-yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat muassasalarini yosh mutaxassislar bilan ta’minlash to’g‘risida”gi Farmoniga asosan kafedra mudirligi yosh mutaxassis, iste’dodli kinooperator-kinorejissyor kafedra dоsenti I.Meliqo‘zievga ishonib topshirildi. Institut О’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yilning 4 iyundagi N 1771 sonli farmoniga kо’ra Toshkent davlat madaniyat instituti va О’zbekiston davlat san’at instituti asosida tashkil etilgan. |
Bakalavr ta’lim yо‘nalishlari rо‘yxati: |
|
Magistratura mutaxassislari rо‘yxati: |
|
Kafedrada о‘qitiladigan fanlar: |
60210100 – Texnogen san’at (kino, televideniye va radio ovoz rejissyorligi)
60210200 – Kino-teleoperatorlik
60210300 – San’atda animatsiyaviy va multimediyaviy loyihalash
|
Magistraturada о‘tiladigan fanlar: |
70210201 – Kinooperatorlik
70210202 – Teleoperatorlik
|
Kafedraning professor-о‘qituvchilarining tarkibi: |
Abduraxim Isroilovich Ismoilov – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, davlat mukofoti sovrindori, professor. |
Kafedrada bajarilayotgan davlat va chet el grantlari: |
2015 yil noyabr oyida kafedramiz katta o‘qituvchi I.Meliqo‘ziev Koreya respublikasining Seul shaxrida IChKAP tashkiloti (Osiyo va Tinch okeani mintaqasida nomoddiy madaniy meros bo‘yicha xalqaro axborot va hamkorlik markazi, Koreya Respublikasi YuNESKOning 2-toifali markazi) nomoddiy madaniy merosni xujjatlashtirish soxasida operator mutaxassislarni malakalarini oshirish bo‘yicha mashg‘ulotlardagi ishtirok etib malaka oshirib qaytdi, mazkur grand asosida 10 xujjatli film tasvirga olingan. |
Kafedraning ilmiy ishlari (oxirgi 5 yilda chiqarilgan darsliklar, monografiyalar va о‘quv qо‘llanmalar rо‘yxati): |
2018 yil A.Ismoilov. “Kinos’yomochnыe kamerы i metodы osveщeniya” darslik. 2018 yil K.Xidirova. “Kinoteleoperatorlik mahorati ” o‘quv qo‘llanma nashr ruxsatnomasi № (264-063). 2018 yil Sh.Amanmuradov, D.Mirsaidova . “Ovoz rejissyorligi mahorati” o‘quv qo‘llanma nashr ruxsatnomasi. № (274-071). 2018 yil A.Xmirov. “Osnovы akustiki” o‘quv qo‘llanma nashr ruxsatnomasi. № (274-072). 2018 yil A.Xmirov. “Masterstvo zvukorejissurы” o‘quv qo‘llanma nashr ruxsatnomasi. № (274-073). 2018 yil A.Xmirov,Sh.Amanmuradov, “Aksesuarы zvukozapisi” o‘quv qo‘llanma . № (1000-093). 2018 yil A.Xmirov. “Elektronnaya muzika” o‘quv qo‘llanma № (1000-092). 2018 yil Sh.Amanmuradov. “ Muzikalnoe i shumovoe oformlenie” o‘quv qo‘llanma № (1000-091). 2018 yil I.Meliqo‘ziev. “Animatsiya rejissurasi” o‘quv qo‘llanma. № (1000-087). 2018 yil I.Meliqo‘ziev. “Tasviriy effektlar va postprodakshn” o‘quv qo‘llanma. № (1000-088). 2018 yil I.Meliqo‘ziev. “Kino-video texnika asoslari” o‘quv qo‘llanma. № (1000-086). 2018 yil I.Meliqo‘ziev, K.Xidirova. “Fotokompozitsiya” o‘quv qo‘llanma. № (1000-089). 2018 yil I.Meliqo‘ziev, K.Xidirova. “Multimedia loyixalash” o‘quv qo‘llanma. № (1000-090). 2018 yil A.Ismoilov. “Kinoteleoperatorskaya masterstvo (osnovы kompozitsii i kinofoto-osveshenie v masterstve kinooperatora” o‘quv qo‘llanma. № (1000-094). |
Kafedraning ilmiy va amaliy hamkorlari: |
Toshkent Madaniyat kolleji Respublika televideniye va radio kolleji |
Kafedraning xalqaro xamkorligi: |
Koreya respublikasining Seul shaxrida IChKAP tashkiloti (Osiyo va Tinch okeani mintaqasida nomoddiy madaniy meros bo‘yicha xalqaro axborot va hamkorlik markazi, Koreya Respublikasi YuNESKOning 2-toifali markazi) Zagreb universiteti, Andalusiya universiteti, Belarussiya davlat madaniyat va san’at universiteti, Janubiy Koreya Respublikasining “Dong-A media va san’at” instituti Xindiston davlatining Mumbay film kinoakademiyasi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti bilan xamkorlik aloqaliri yo‘lga qooyilgan. |
Kafedraning korxona va tashkilotlar bilan aloqalari: |
O‘zbekkino Milliy agentligi O‘zbekfilm kinostudiyasi DUK. O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi. Hujjatli va xronikal filmlar studiyasi DUK. O‘zbekiston kinoarboblar ijodiy uyushmasi |