Qabul 2026/2027 o‘quv yili uchun talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash bo‘yicha 2026-yil 15-iyuldan 5-avgustgacha (5-avgust kuni ham) onlayn tarzda amalga oshiriladi.
Arizalar qayerga topshiriladi?
Davlat OTMlari o‘rtasida o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash uchun:
– transfer.edu.uz maxsus elektron platformasi;
– Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali.
Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish uchun:
– my.uzbmb.uz maxsus elektron platformasi;
– Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali;
– Davlat xizmatlari markazlari orqali.
Arizalar qanday ko‘rib chiqiladi?
Taqdim etilgan arizalar va hujjatlar belgilangan tartibda tegishli komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Ko‘rib chiqish natijasi talabgorga maxsus elektron platforma orqali yuboriladi.
Kimlar imtihon topshiradi?
Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat OTMlariga o‘qishini ko‘chirayotgan talabalar uchun tegishli ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha test sinovlari yoki kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazilishi mumkin.
E’tibor bering!
– Maqsadli qabul asosida tahsil olayotgan talabalarning o‘qishini boshqa oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirishga ruxsat berilmaydi.
– Turmush qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga o‘qishini ko‘chirayotgan talabaning nikohi oliy ta’lim muassasasiga qabul qilinganidan keyin tuzilgan bo‘lishi lozim.
– Taqdim etilgan hujjatlarning qalbakiligi yoki belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlansa, qonunchilikda belgilangan choralar qo‘llaniladi.
Qo‘shimcha ma’lumot
O‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash, shuningdek, akademik ma’lumotnoma hamda transkript nusxalarini olish masalalari bo‘yicha institutning mas’ul xodimlariga murojaat qilishingiz mumkin.
| Talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqish komissiyasi tarkibi |
| 1 | Grebenyuk Martin Valentinovich | O‘quv-metodik ta’minot bo‘limi boshlig‘i, Rais | 71 230-28-12 |
| 2 | Usmonov Bahodir Suvonqul o‘g‘li | Kutubxona-axborot faoliyati fakulteti dekani v.b., iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent, A’zo | 71 230-28-45 |
| 3 | To‘rayev Ma’murjon Jo‘raqul o‘g‘li | Xalq ijodiyoti fakulteti dekani, dotsent, A’zo | 71 230-28-47 |
| 4 | Egamberdiyev Farrux To‘xtayevich | Teatr san’ati fakulteti dekani, dotsent, A’zo | 71 230-28-29 |
| 5 | Xidirova Kamola Sodikovna | Kino, televideniye va radio san’ati fakulteti dekani v.b., dotsent, A’zo | 71 230-28-27 |

