Kafedra mudiri:
“Musiqali teatr san’ati” kafedrasi

Muhammadiyev Sherzod Bobomurodovich

Mustakil tadkikotchi, «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi» kо‘krak nishoni sohibi, 20 dan ortik makolalar soxibi, dotsent

Qabul kunlari: Seshanba, Payshanba, Shanba 14:00 – 17:00

Telefon:71 230 28 34

📧 e-mail:

Kafedra qisqa tarixi:
«Musiqali teatr san’ati» kafedrasi 1958 yil tashkil topgan.

Kafedrada xalq artistlari R.Hamroyev, SH. Ma’zumova, R.Sayfuddinov, O.Abdurazzoqov, S. Pо‘latov, M. Uzoqov, V.N. Sundukova, B.Ixtiyorov, U. Zufarov, V.P. Volodchenko, G.Muxammedova, mashhur dirijyorlar N.Xalilov, J. Ortiqov va boshqa kо‘plab ustoz san’atkorlar, professor-о‘qituvchilar faoliyat kо‘rsatgan.

Hozirda ular faoliyatini B.Nazarov, N.Qobilov, SH.Muhammadiyev, R. Usnatov, E.Yorbekov, F.Farmonov, E. Xushvaqtov, U. Rasulov, B. Xusanov, O.Qudratov kabi professor – о‘qituvchilar davom ettirmoqdalar.

Kafedraning yarim asrdan ortiq faoliyati davomida kо‘plab xalq sevgan san’atkorlar yetishib chiqqan. О‘zbek teatr san’atining durdona asarlariga aylangan musiqali spektakllar sahnalashtirilgan. S.Abdulla va T.Jalilovning «Tohir va Zuhra», Hurshidning «Layli va Majnun», Komil Yashinning «Alpomish», “Ravshan va Zulxumor”, Hamzaning «Maysaraning ishi», S.Axmadning “Ufq”, U.Gadjibekovning “Arshin mol-olon”, G.Kanchelining “Xonuma”, U.Azim, B.Lutfullayevning “Alpomishning qaytishi”, R.Muhammadjonovning “Aka-uka sovchilar” kabi asarlari shular jumlasidandir.
Sо‘nggi yillarda kafedra zamonaviy musiqali teatr dramaturgiyasining labaratoriyasiga aylanmoqda. Dramaturg va bastakorlar kafedra professor-о‘qituvchilari bilan xamkorlikda zamonaviy ruhdagi, yoshlar xayotiga bag‘ishlangan asarlar yaratib saxnaga olib chiqmoqdalar. Masalan: K.Raxmanov va O.Turemuratovaning «О‘lim jazosi», N.Qobil va B.Lutfullayevning «Tо‘da», “Oriyat” kabi musiqali dramatik asarlari kafedra о‘qituvchilari tomonidan talabalar ishtirokida saxnalashtirildi.

Kafedrada faoliyat kо‘rsatayotgan professor-о‘qituvchilar о‘quv qо‘llanmalar yozib kitob holida chop ettirishdi va bu jarayon uzluksiz davom ettirilmoqda. “Teatr” jurnali va boshqa matbuot vositalari, shuningdek xorijiy nashrlarda kafedra a’zolarining kо‘plab maqolalari va ilmiy-metodik ishlari e’lon qilinmoqda.
“Musiqali teatr san’ati” kafedrasi

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari:
  • 60211100 – Aktyorlik san’ati (musiqali teatr aktyorligi)
  • 60211200 – Rejissyorlik (musiqali teatr rejissyorligi)
Magistratura mutaxassisliklari:
  • 70211101 – Aktyorlik san’ati (musiqali teatr aktyorligi san’ati)
  • 70211201 – Rejissorlik (dramatik teatr rejissorligi)
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:
“Aktyorlik mahorati”,
“Grim”,
“Rejissura”,
“Sahnaviy asarning xatti-harakatli taxlili”,
“Aktyorning ijodiy guruh bilan ishlashi”,
“Rejissyorning ijodiy guruh bilan ishlashi”,
“Ixtisoslik fanlarini о‘qitish metodikasi”
Magistraturada о‘tiladigan fanlar:
“Aktyorlik maxorati”,
“Saxnaviy asarning xatti-harakatli taxlili”,
“Mutaxassislik fanlarni о‘qitish metodikasi”,
“Obraz ustida ishlash”,
“Sahnaviy makon kompozitsiyasi”,
“Rejissyorning spektakl ustida ishlashi”,
“Musiqali teatrda rejissura”
“Musiqali teatr san’ati” kafedrasi
Kafedraning professor-o‘qituvchilar tarkibi:
1. Sherzod Muhammadiyev – Kafedra mudiri, dotsent
2. Nasrullo Qobilov – Professor
3. Ernazar Yarbekov – Dotsent
4. Bahodir Nazarov – Dotsent
5. Rashid Usnatov – Dotsent
6. Farhod Farmonov – Katta o’qituvchi
7. Eldor Xushvaqtov – Katta o’qituvchi
8. Xusanov Bobur – O’qituvchi
9. Umid Rasulov – O’qituvchi
10. Qudratov Orif – O’qituvchi
11. Nurmanova Barno – O’qituvchi
12. Fayoz Turg’unboyev – O’qituvchi

Ichki o’rindoshlar:
1. Ramziddin Qodirov – Dotsent
2. Habibullo Qobilov – Dotsent
3. Ma’mur To’rayev – Dotsent
4. Olimjon Dadamirzayev – Dotsent
5. Ilyos Nusurov – O’qituvchi

Jo’rnavozlar:
1. Vafayeva Iroda – Jo’rnavoz
2. Abramova Ekaterina – Jo’rnavoz
3. Isanberdina Alfiya – Jo’rnavoz
4. Xaitova Nasiba – Kabinet mudiri

Kafedrada bajarilayotgan davlat va chet el grantlari:
Kafedrada professor – o’qituvchilardan H.Qobilov British consul, Goldsmiths hamda O’zDSMI hamkorligida Creative Spark loyhasi a’zosi.
Dotsent E.Yorbekov TATU universiteti qoshida BV-Atex-2018-251 – sonli grant a’zosi.
Kafedraning ilmiy ishlari (oxirgi 5 yilda chiqarilgan darsliklar, monografiyalar va о‘quv qо‘llanmalar rо‘yxati):
Usnatov Rashid Jaksilikovich, Aktyorlik mahorati, 2019 yil
Yarbekov Ernazar Xolmirzayevich, Aktyorlik mahorati (1 kurslar uchun), 2019 yil
Yarbekov Ernazar Xolmirzayevich, Aktyorlik mahorati (2 kurslar uchun), 2019 yil
Yarbekov Ernazar Xolmirzayevich, Aktyorning mikrofon bilan ishlashi, 2019 yil
Muhammadiyev Sherzod Bobomurodovich, Aktyorlik maxorati (Musiqali teatr aktyorligi uchun) (1-kurslar uchun) о‘/q., 2019 yil
Usnatov Rashid Jaksilikovich, Aktyorlik maxorati (о‘quv qо‘llanma), 2019 yil
Usnatov Rashid Jaksilikovich, Aktyorlik maxorati (о‘quv qо‘llanma) (qoraqalpoq tilida), 2019 yil
Qobilov Nasrullo Kuchkarovich, Muhammadiyev Sherzod Bobomurodovich, Aktyorlik mahorati, 2021 yil
Usnatov Rashid Jaksilikovich, Badiiy asarning sahnaviy talqini va tahlili, 2022 yil
Muhammadiyev Sherzod Bobomurodovich, Aktyorlik mahorati, 2022 yil
Yarbekov Ernazar Xolmirzayevich, Sahna nutqi (о‘zbek mumtoz she’riyati), 2023 yil

Kafedraning ilmiy va amaliy xamkorligi:
Bizning kafedra zaruriy xollarda soha bо‘yicha tashkilotlarning moddiy –texnika bazasidan foydalanadi. Bunga (“О‘zbek teatr”) Ijodiy ishlab chiqarish boshqarmasi kо‘maklashadi; quyidagi ijodiy tashkilotlar bilan aloqada bо‘lamiz:
1) Muqimiy nomidagi musiqali drama teatri
2) Viloyat teatrlari
3) Respublika konsert zallari;
4) “Diydor” studiyasi
5) Satira teatri
6) Operetta teatri
7) TV hamda radio
Kafedraning xalqaro xamkorligi:
  • YE.Vaxtangov nomli davlat akademik teatri qoshidagi B.Shukin nomidagi teatr instituti.
  • O‘zbekistondagi Britaniya Kengashi yordamida Britaniyaning Rouz Bruford kolledji.
Kafedraning korxona va tashkilotlar bilan xamkorligi:
  • Alisher Navoiy nomidagi Davlat Akademik katta teatri.
  • O‘zbek Milliy Akademik drama teatri.
  • O‘bekiston Rus akademik drama teatri.
  • Toshkent davlat musiqiy teatri (Operetta).
  • O‘zbek davlat drama teatri.
  • Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri.
  • Buxoro viloyat musiqali drama teatri.
  • Andijon viloyati musiqali drama teatri.