«О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti xabarlari” jurnalida chop etiladigan maqolalarga qо‘yiladigan talablar:
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti mamlakatimizdagi san’at va madaniyat ta’limini rivojlantirish, ilmiy tadqiqot hamda ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarda о‘sishga erishish maqsadida “О‘zDSMI xabarlari” ilmiy-nazariy, amaliy-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy jurnalini muntazam ravishda (yilda 4 marta) nashr ettirish yо‘lga qо‘yildi. Shu munosabat bilan О‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi San’atshunoslik instituti, turdosh Oliy ta’lim muassasalari, hamkor tashkilotlar rahbarlaridan, hurmatli professor-о‘qituvchilardan, ilmiy tadqiqotchilardan ushbu jurnalda faol ishtirok etishlarini sо‘raymiz.
Jurnalning yо‘nalishlari quyidagicha:
-Teatr va kino;
-Musiqa san’ati;
-San’at tarixi, falsafasi va nomoddiy madaniy meros;
-Pedagogika, psixologiya.
Maqolalarga qо‘yiladigan asosiy talablar:
1) Taqdim etilayotgan maqola jurnalning qaysi rukniga berilayotgani aniq kо‘rsatilishi lozim;
2) Maqolada konkret tadqiqot natijalariga qaratilgan fikr-mulohazalar taklif va xulosalar bо‘lishi kerak. Shuningdek, maqola stilistik, orfografik xatolardan holi hamda mantiqiy tо‘g‘ri bо‘lishi shart. Maqoladagi faktlar uchun mualliflar javobgar bо‘lib, tahririyat mas’uliyatni о‘z zimmasiga olmaydi;
3) Maqolaning original bо‘lishi talab etiladi. Agar maqolada plagiatlik aniqlansa, muallifning boshqa materiallari ham avtomatik ravishda qaytariladi. Bundan tashqari, material avval boshqa nashrda chop etilmagan bо‘lishi shart (boshqa nom bilan ham);
4) Muallifning ism, sharifi (otasining ismi), familiyasi, ilmiy unvoni, ilmiy darajasi, faoliyat kо‘rsatuvchi tashkilot nomi, elektron pochatasi (e-mail) va bog‘lanish uchun telefoni kо‘rsatilishi lozim;
5) Taqdim etilayotgan maqola A4 formatda bо‘lib, sahifaning hamma tomonidan 2 sm joy qoldirilishi, Microsoft Word-2003da Times New Roman yozuv turida, 14 kegl, 1,5 interval, 1 sm abzatsda bо‘lishi, 10 betdan (annotatsiya va foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati bilan birga) oshmasligi kerak. Maqolaning nomi katta harflarda bо‘lishi kerak. Material elektron hamda qog‘oz variantda taqdim etilishi shart;
6) Maqolada 3 til (о‘zbek, rus, ingliz tillari)dagi annotatsiya (maqolaning qisqacha mazmuni)va kalit sо‘zlar bо‘lishi talab etiladi. Annotatsiya 12 keglda 3-4 qator oralig‘ida bо‘lishi kerak. Kalit sо‘zlar 8 ta bо‘lishi shart;
7) Adabiyotlar rо‘yxati maqolaning sо‘ngida 10 tadan kam bо‘lmagan holda, ketma-ketligi alfavit tartibida bо‘lishi kerak. Havolalar matn ichida jumladan sо‘ng, kvadrat qavs bilan berilshi kerak. Masalan [1.B.45]; Xorijiy adabiyotlar milliy adabiyotlardan keyingi о‘rinda, original nomda berishilishi kerak;
8) О‘ta zarur hollardagina rasm, chizma, jadval va formulalar berilishi mumkin. Rasm va chizmalar maqoladan alohida faylda yuborilishi va rasm tagiga izoh berilishi zarur. Rasmlar rangli va sifatli bо‘lishi talab qilinadi;
9) Qisqartma sо‘zlar (abbreviaturalar) maqolada kо‘p takrorlanuvchi tayanch atamalarda hamda Xalqaro tashkilotlar nomida ishlatilishi mumkin. Dastlab ishlatilganda u tо‘liq yozilishi, undan sо‘ng qisqartmasi berilishi va keyingi о‘rinlarda tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri qisqartmasi ishlatilishi mumkin (Birlashgan Millatlar Tashkilot (BMT) kabi). Bir sо‘zning qisqartmasi matnda 5 martadan ortiq bо‘lmasligi kerak;
10) Tahririyatga kelgan maqolalar anonim taqrizdan о‘tkaziladi (taqrizchiga bosim bо‘lmasligi uchun) va taqrizdan о‘tmagan maqolalar jurnalda bosilmaydi. Tahririyat maqolani qisqartirish, qayta ishlash huquqiga ega. Jarayon mualliflar bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Shu sababli e-mail hamda telefon raqamlar tо‘g‘ri kо‘rsatilishi kerak. Tahririyat murojaatiga javob bermagan mualliflar materiali chop etilmaydi.
Tahririyat manzili:
Mirzo ulug‘bek tumani “Yalang‘och” dahasi, 127-A-uy. О‘zbekiton davlat san’at va madaniyat instituti Ilmiy-tadqiqot bо‘limi (Rektorat binosi, A2-7 xona).
Tel: 71-230-28-13