Magistratura bo`limi

Magistratura bo`limi
Magistratura bо‘limi boshlig‘i:
Qodirov Bо‘ri Hudoyshukurovich – tarix fanlari nomzodi, dotsent

  Qabul vaqti: har kuni soat 10:00-16:00
  xizmat telefon raqami: 71 230 28 52
📧  e-mail:5qodirov6@mail.ru

 

 

 

Magistratura bо‘limi haqida


О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 4 iyuldagi PQ-1771-sonli “О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instiutini tashkil etish tо‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan bо‘lib, ushbu institut tashkil etilgandan buyon shu kunga qadar, institutning Magistratura bо‘limi faoliyat yuritib kelmoqda.

Hozirgi kunda magistratura mutaxassisliklarida jami 88 nafar magistrantlar ta’lim olib, shundan 42 nafar magistrant magistraturani muvaffaqiyatli tamomladi.

Institutda 3 ta fakultet va 18 ta kafedra mavjud bо‘lib, shundan 10 ta kafedra magistratura mutaxassisliklari tayorlashda faoliyat kо‘rsatadi.


 

Magistratura bо‘limida quydagi

mutaxassisliklar mavjud;


1. 5A150201 – Teatr san’ati
2. 5A150203 – San’at nazariyasi va tarixi (kinoshunoslik)
3. 5A150301 – Aktyorlik san’ati (drama teatri va kino aktyorligi san’ati)
4. 5A150301 – Aktyorlik san’ati (estrada aktyorligi san’ati)
5. 5A150301 – Aktyorlik san’ati (qо‘g‘irchoq teatr aktyorligi san’ati)
6. 5A150401 – Rejissyorlik (estrada va ommaviy tomoshalar rejissyorligi)
7. 5A150401 – Rejissyorlik (kino va televideniye rejissyorligi)
8. 5A151401 – Ovoz rejissyorligi (kino, televideniye va radio ovoz rejissyorligi)
9. 5A151501 – Kinooperatorlik
10. 5A151502 – Teleoperatorlik
11. 5A151601 – Xalq ijodiyoti (folklor va etnografiya)
12. 5A151601 – Xalq ijodiyoti (ashula va raqs)
13. 5A151601 – Xalq ijodiyoti (cholg‘u ijrochiligi)
14. 5A151701 – Madaniyat va san’at sohasi menejmenti
15. 5A610401 – Madaniyatshunoslik

Magistrantlarning ilmiy-tadqiqot faoliyatlarini samarali tashkil qilish maqsadida respublikaning yetakchi ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy ta’lim muassasalari shuningdek, viloyatlarning yetakchi korxonalari bilan hamkorlik aloqalariga e’tibor berilgan. Jumladan, О‘zRFA San’atshunoslik instituti, Respublika Ma’na-viyat va ma’rifat markazi, “О‘zbekonsert” birlashmasi, О‘zbek Milliy akademik drama teatri, О‘zbek davlat drama teatri, О‘zbekiston yoshlar teatri, Muqimiy nomidagi musiqali dramatik teatr, Alisher Navoiy nomidagi О‘zbekiston Milliy kutubxonasi kabi muassasalar bilan tuzilgan hamkorlik shartnomalari asosida magistrantlarning ushbu muassasalarda ilmiy-tadqiqot ishlari bо‘yicha izlanishlarini olib borishlari uchun sharoitlar yaratilgan.
2019-2020 о‘quv yili uchun magistratura mutaxassisliklariga 1 iyuldan 30 iyulga qadar xujjatlar qabul qilish jarayoni davom etmoqda.


UZB_UDSMI.pdf
image_pdfimage_print