Kafedra mudiri:

Ikramov Sayfullo Turgunovich

dotsent, oliy toyifali suxandon, dublyaj aktyori.
2 ta о‘quv qо‘llanma, 1 ta monografiya,1 ta uslubiy qо‘llanma va 100 ga yaqin ilmiy maqolalar muallifi.

Qabul kunlari: Dushanba, Seshanba, Chorshanba kunlari, soat:09:00-14:00

Telefon:71 230 28 46

📧 e-mail:

Kafedra qisqa tarixi:
Kafedra O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 4-iyundagi “O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-1771 – sonli qarori asosida “Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish” bakalavriyat ta’lim yo‘nalishi hamda “Madaniyat va san’at sohasi menejmenti” magistratura mutaxassisligi bazasida joriy etilgan. Shundan so‘ng O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti tarkibida “Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish” kafedrasi tashkil etilgan. 2022-yil 30-avgustda Institut ilmiy kengash qarori bilan kafedra nomi “Madaniyat va san’at menejmenti” ga o‘zgartirilgan. Mazkur kafedra O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Xalq ijodiyoti fakulteti tasarrufidagi kafedra hisoblanadi.

Bakalavr ta’lim yо‘nalishlari rо‘yxati:
60211800 – San’at sohasida prodyuserlik
60212000 – Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish
60411200 – Menejment (madaniyat va san’at sohasi menejmenti)
60411200 – Menejment: Ommaviy tadbirlar menejmenti

Magistratura mutaxassislari rо‘yxati:
70212001 – Madaniyat va san’at sohasi menejmenti
Kafedrada о‘qitiladigan fanlar:
– Menejment asoslari
– Tadbirkorlik asoslari. Soliq va soliqga tortish.
– Madaniyat va san’at sohasi faoliyatini boshqarish
– Madaniyat va san’at sohasida loyihalarni boshqarish
– Madaniyat va san’at sohasi iqtisodiyoti va moliyaviy munosabatlar.
– Madaniyat va san’at sohasida kreativ tadbirkorlik
– Madaniyat iqtisodiyoti
– Prodyusorlik faoliyati
– Prodyusorlik faoliyatida menejment va marketing asoslari
– Buxgalteriya va hisoblash asoslari
– Rejissura va aktyorlik mahorati asoslari
– Prodyusorlik faoliyatining moliyaviy ta’minoti va huquqiy asoslari
– Audiovizual mahsulotlarni yaratish va boshqarish
– San’at menejmenti va marketingi
– Madaniyat va san’at sohasida tadbirkorlik
– Madaniyat va san’at sohasida marketing
– Madaniyat va san’at muassasalari iqtisodiyoti va buxgalteriya hisobi
– Madaniyat va san’at sohasida innovatsion g‘oyalar tadbiqi
– Madaniyat va san’at muassasalari sohasining moliyaviy hisobi
– Madaniyat va san’at muassasalarida tadbirlarni tashkil etish mahorati
– Ta’lim menejmenti
– Ssenariynavislik va madaniy – ommaviy tadbirlarni tashkil etish

Magistraturada о‘tiladigan fanlar:
– Intelektual mulkni tijoratlashtirish asoslari
– Maxsus fanlarni о‘qitish texnologiyasi
– Kreativ iqtisod
– Ijodiy muassasalar faoliyatini rejalashtirish, tashkil etish va boshqarish
– Ijodiy ishlab chiqarish faoliyatini rejalashtirish, tashkil etish va boshqarish
– Madaniyat va san’at sohasida innovatsion g‘oyalar tatbiqi
– Ta’lim menejmenti
– Madaniyat va san’at sohasida innovatsion menejment

Kafedraning professor-о‘qituvchilarining tarkibi:
Kafedrada 2 nafar fan doktori va dotsentlar (Shodiyev B.A., Yusupaliyeva D.Q.), 1 nafar professor (Yuldasheva M.B.); 1 nafar fan nomzodi, dotsent (Fayziyev T.R.); 3 nafar phd doktorlari (Mavrulova M.A., Ergasheva S.A., Nosirov J.T.); 2 nafar dotsentlar (Rustamov V.Q., Yusupova R.K.) 1 nafar dotsent v.b. (Xolmо‘minov M.Z.); 3 nafar tajribali katta o‘qituvchilar (Tojiyev J.R., Xushvaqtov A.S., Tojiddinov U.T.), 1 nafar o‘qituvchi (Mamatqosimova N.E.) va jami bо‘lib: 14 nafar professor – о‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda.
Kafedrada bajarilayotgan davlat va chet el grantlari:
Kafedra Buyuk Britaniyaning “Change academy” xalqaro “Oliy o‘quv yurtlarida samarali boshqaruv madaniyatini shakllantirish” va “Creative Spark” loyihasi hamda “San’at – qalb ko‘zgusi” nomli Davlat ijtimoiy buyurtmasi grantlarini sohibi bo‘lib, ular bo‘yicha ilmiy – tadqiqot ishlarini olib borib kelmoqda.

Kafedraning ilmiy ishlari (oxirgi 5 yilda chiqarilgan darsliklar, monografiyalar va о‘quv qо‘llanmalar rо‘yxati):
Ilmiy – tadqiqot ishlari borasida ko‘plab ishlar bajarilgan, jumladan: 2018 – 2019- o‘quv yilida 61 ta ilmiy maqola va 2 ta o‘quv qo‘llanma, 2019/2020 – o‘quv yilida 72 ta ilmiy maqola va 5 ta o‘quv qo‘llanma, 2020/2021 – o‘quv yilida 72 ta ilmiy maqola, 11 ta o‘quv qo‘llanma va 1 ta darslik, 2021/2022 – o‘quv yilida 117 ta ilmiy maqola, 6 ta o‘quv qo‘llanma va 1 ta darslik, 2022/2023 – o‘quv yilida 133 ta ilmiy maqola, 4 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta darslik va 2 ta monografiyalar yaratildi. Jami bo‘lib, oxirgi 5 (besh) yillikda kafedra professor – o‘qituvchilari tomonidan 500 ta ilmiy maqola va 34 ta turli xil o‘quv adabiyotlari yaratilgan.

Kafedraning ilmiy va amaliy hamkorlari:
So‘nggi 5 (besh) yillikda ilmiy – tadqiqot, o‘zaro o‘quv-uslubiy, talaba va pedagoglarni almashinuvi, malaka oshirish hamda stajirovka bandlarini o‘zida mujassamlashtirgan xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalari imzolangan. Bular jumlasiga Muxtar Auzov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti, Chelyabinsk davlat madaniyat instituti, Oltoy davlat madaniyat instituti, Buyuk Britaniya Goldsmit universiteti, Qirg‘iz – Turk “Manas” universiteti, Qirg‘iziston davlat madaniyat va san’at universiteti shular jumlasidandir. Bu ilg‘or oliy ta’lim muassasalari bilan malaka oshirish, ilmiy – amaliy konferensiyalar o‘tkazish, talaba va pedagoglarni almashish borasidagi hamkorlik ishlari hozirgi paytda ham qizg‘in davom etmoqda.
Kafedraning korxona va tashkilotlar bilan aloqalari:
Kafedra mutaxassis tayyorlash ishlarini yaxshilash uchun respublikamiz
• madaniyat va san’at muassasalari,
• muzeylar,
• “Mirzo Ulug‘bek tuman madaniyat va aholi dam olish markazi”
madaniyat va istirohat bog‘lari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik shartnomalari asosida ish olib bormoqda.