Jurnal haqida: |
Mazkur jurnal O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasi Rayosatining 2017-yil 29-noyabrdagi 245/6-sonli qarori bilan san’atshunoslik fanlari bo‘yicha dissertatsiyalar yuzasidan asosiy ilmiy natijalarni chop etishga tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan (ISBN: 2181 – 8932). Ushbu jurnal mamlakatda madaniyat va san’at sohalarida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot yutuqlarini targ‘ib etish, yangi ilmiy-nazariy, kontseptual nuqtai nazarlarni bayon etish, mazkur sohalardagi innovatsion g‘oyalar bo‘yicha mutaxassislarning bahs-minbarini tashkil etishga xizmat qiladi. Mazkur jurnalda teatr va kino, musiqa san’ati, san’at tarixi, falsafa va nomoddiy madaniy meros, pedagogika, psixologiya yosh tadqiqotchi ruknlariga mos keladigan, aniq o‘rganilgan, muammolar bayon etilgan, ishonchli manbalarga asoslangan maqolalar chop etiladi. Shuningdek, nazariy-metologik va uslubiy jihatdan mukammal darajada yozilgan, institut faoliyatini yanada rivojlantirishda o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shgan shaxslarning hayot va ijod yo‘llariga bag‘ishlangan ilmiy maqolalar chop etib boriladi. |
Jurnalning maqsad va vazifalari: |
– ilmiy yо‘nalishlarni; – hukumatning ilm-fanni qо‘llab-quvvatlash va rivojlantirish borasidagi siyosatini keng targ‘ib qilish; – respublikamizning oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy markazlari va xorijda bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalarini nashr etish; – talaba yoshlarning dunyoqarashini boyitish, qо‘lga kiritilayotgan yutuqlar va ilg‘or tajribalarni jamoatchilikka yetkazishda targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish; – ta’lim jarayonini, yangi pedagogik texnologiyalar va о‘qitish usullarini sifat jihatidan yangilash va zamonaviy tashkiliy shakllarini keng targ‘ib qilish; – oliy ta’limda ilm-fanni yanada rivojlantirish, professor-о‘qituvchilarining ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga keng jalb etish; – yuksak ma’naviyat va insoniylikning milliy an’analariga sodiqlik ruhini shakllantirish, jamiyatda yot g‘oya va mafkuralarga nisbatan immunitet va tahliliy tafakkurni mustahkamlash bо‘yicha keng kо‘lamli ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni yoritib borish. |
Jurnal quyidagi ruknlar bo‘yicha ish olib boradi: |
1. Teatr va kino. 2. Musiqa san’ati. 3. San’at tarixi, falsafa va nomoddiy madaniy meros. 4. Pedagogika, psixologiya. 5. Kutubxonashunoslik. 6. Madaniyatshunoslik. |
Amal qiluvchi tillar: o‘zbek, qoraqalpoq, rus va ingliz tillarida. Jurnal shakli: an’anaviy (bosma). Murojaat uchun: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, 100164, Yalang‘och dahasi, Zafar Diyor ko‘chasi, 127-“A” uy. Telefon nomer: +998883367667. O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti. |
Tahririyat jamoasi: |
Bosh muharrir: Sayfullayev Nodirbek Baxtiyorovich – Tarix fanlari nomzodi, professor Bosh muharrir o‘rinbosari: Yakubov Baxtiyor Choriyevich – Sanʼatshunoslik fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent Mas’ul kotib: Axmataliyeva Laziza Baxtiyor qizi Sahifalovchi-dizayner: Mamasodiqov Abdug‘ani Shirinboyevich Jamoatchilik kengashi: Ozodbek NAZARBEKOV – O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri, O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti Otabek XASANOV – Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi direktori, siyosiy fanlari doktori (DSc) Sirojiddin SAYYID – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq shoiri Shuhratilla RIZAYEV – О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori, filologiya fanlari nomzodi, professor, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan yoshlar murabbiysi Rustam ABDULLAYEV – O‘zbekiston Bastakorlar uyushmasi raisi, O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi Yodgor SAGDIYEV – O‘zbek Milliy akademik drama teatri direktori, O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti Nodira MUSTAFAYEVA – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ijtimoiy – gumanitar fanlar bo‘limi boshlig‘i Toxir MAMATMUSAYEV – O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya kommissiyasining ijtimoiy – gumanitar fanlar bo‘yicha bosh inspektori, arxitektura fanlari doktori (DSc), professor Nodir KASIMOV – O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Yoshlar siyosati va ma’naviy tarbiyaviy ishlar boshqarmasi boshlig‘i Kamola AKILOVA – O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasi direktori, O‘zBA akademigi, san’atshunoslik fanlari doktori (DSc), professori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Jannat ISMOILOVA – O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi direktori, tarix fanlari doktori, professori Umida TESHABOYEVA – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy komunikatsiyalar agentligining Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi direktori, Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Tahrir hay’ati: Abdurahim ISMOILOV – O‘zbekiston san’at arbobi, professor Abduxalil MAVRULOV – Tarix fanlari doktori, professor Muhabbat TULYAXODJAYEVA – San’atshunoslik fanlari doktori, professor Sarvinoz QODIROVA – San’atshunoslik fanlari doktori,professor Viktor ALIMASOV – Falsafa fanlari doktori, dotsent Sayyora TО‘YCHIYEVA – Falsafa fanlari doktori,professor Munavvara ABDULLAYEVA – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, professor Xamida MAXMUDOVA – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, professor Amanulla RIZAYEV – San’atshunoslik fanlari nomzodi, professor Go‘zal XALIKULOVA – San’atshunoslik fanlari nomzodi, dotsent Temur RASHIDOV – San’atshunoslik fanlari nomzodi, professor Orolmirzo SAFAROV – O‘zbekiston xalq hofizi, professori Antonina KOSHELEVA – Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Hamdam ISMOILOV – Filologiya fanlari nomzodi, dotsent Mirali MAXMUDOV – Pedagogika fanlari nomzodi,dotsent Ziyodulla ISOQOV – Tarix fanlari nomzodi, dotsent Hilol NASIMOV – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodim, dotsent G‘ani XUDOYEV – San’atshunoslik fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent |