Bo’lim boshlig’i: |
Bobomurodov Shavkat Do‘stmuhammad o‘gʻli
⌚ Qabul kunlari: har kuni soat 10:00–17:00
☎ Telefon: 71 230 28 14
📧 e-mail:
|
Bo‘lim yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: |
- iqtidorli talabalarning intellektual salohiyati, chuqur bilim olishi va qobiliyatlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish;
- malakali professor-o‘qituvchilarni iqtidorli talabalar bilan individual ishlashga jalb etish;
- ilm-fan taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlariga iqtidorli talabalarni keng jalb etish;
- iqtidorli talabalar uchun maxsus o‘quv dasturlari, zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish;
- buyurtmachilar talablarini qondiruvchi malakali, har tomonlama kamol topgan kadrlarni tayyorlash;
- turli ilmiy tanlovlar va ko‘rgazmalarni tashkil etish.
|
Bo‘lim quyidagi vazifalarni bajaradi: |
- Ilmiy faoliyatga qiziquvchan, mustaqil ilmiy fikrlash qobiliyatiga ega iqtidorli talabalarni dastlabki bosqichdanoq tanlab olish va ularni salohiyatli professor-o‘qituvchilarga biriktirish;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, Beruniy, Navoiy, Islom Karimov Davlat stipendiyalari tanlovi ishtirokchilari uchun tanlov fanlaridan qo‘shimcha darslarni tashkillashtirish va talabalar ishtirokini ta’minlash;
- iqtidorli talabalar uchun chet tili, informatsion texnologiya va O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish strategiyasi kurslari bo‘yicha maxsus mashg‘ulotlarni tashkil etish;
- xorijiy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlariga iqtidorli talabalar hamda yosh mutaxassis-olimlarning ilmiy stajirovka va malakasini oshirish uchun e’lon qilingan tanlovlarga nomzodlardan tavsiya berish va tashkil etish.
|