“Ijodiy parvoz” gazetasi haqida:
“Ijodiy parvoz” gazetasi Toshkent shahar Matbuot va axborot boshqarmasida № 02-00166 raqami bilan 2012-yil 19-dekabrda rо‘yxatga olingan. Mazkur gazeta elektron shaklga o‘tkazilishi munosabati bilan AOKdan № 733862 guvohnoma raqami bilan 2025-yil 23-apreldan buyon elektron tarzda, O‘zDSMI rasmiy telegram kanali hamda rasmiy web sayt orqali e’lon qilinadi.

Gazetaning asosiy ko‘rsatkichlari:
– bichimi – A-3;
– nashr tili – o‘zbek, rus, ingliz, qoraqalpoq tillarida;
– maqsadi–instituti talabalari, o‘qituvchilarining faoliyati, muvaffaqiyatlari, ilg‘or tajribalari va muammolarini keng yoritish;
– ixtisoslashuvi – axborot, madaniy-ma’rifiy;
– davriyligi – oyda bir marta;
– hajmi – 8 sahifa;
– tarqatish usuli – elektron;
– tarqatish hududi – internet tarmog‘i orqali;
“Ijodiy parvoz” gazetasida respublikamizda faoliyat yuritayogan institut talabalarining maqolalari chop etiladi. Gazeta sakkiz rukndan iborat:
1. Bosh sahifa
2. E’tirof
3. Ma’naviyat
4. Nuqtayi nazar
5. Nasr
6. Nazm
7. Suhbat
8. So‘nggi sahifa
Gazetaning maqsad va vazifalari:
– institut talabalari, о‘qituvchilarining faoliyati, muvaffaqiyatlari, ilg‘or tajribalari va muammolarini keng yoritish;
– yosh olimlar va tadqiqotchilarning ilmiy ishlarini keng jamoatchilikka yetkazish;
– madaniyat va san’at sohasidagi dolzarb masalalar borasidagi talabalar ijodini muntazam yoritib borish;
– buyuk mutafakkirlarimiz va ma’rifatparvar jadidlarimizning ilmiy-ma’rifiy va madaniy merosini keng targ‘ib qilish;
– talaba yoshlarning dunyoqarashini boyitish, qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar va ilg‘or tajribalarni jamoatchilikka yetkazishda targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish;
– hukumatning ilm-fanni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish borasidagi siyosatini keng targ‘ib qilish;
– yuksak ma’naviyat va insoniylikning milliy an’analariga sodiqlik ruhini shakllantirish, jamiyatda yot g‘oya va mafkuralarga nisbatan immunitet va tahliliy tafakkurni mustahkamlash bo‘yicha keng ko‘lamli ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni yoritib borish.
“Ijodiy parvoz” gazetasining har sonida “bosh sahifa”, hamda “e’tirof” ruknlari uchun institutda o‘tkazilayotgan tadbirlar haqidagi maqolalar muntazam chop etiladi.Muassis: О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti

Bosh muharrir: Yakubov Baxtiyor Choriyevich – San’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent

Tahrir hay’ati:
1.Ismoilov Hamdam – Filologiya fanlari nomzodi, dotsent
2.Davlatov Oybek G‘aniyevich – Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent

Muharrir: Qurbonova Dilnoza Toxirovna

Sahifalovchi-dizayner: Mamasodiqov Abdug‘ani Shirinboyevich

Tahrir hay’ati materiallarni texnik tahrir qilish, shuningdek, maqola qabul qilinmaganda, bu bo‘yicha izoh bermaslik huquqiga ega. Maqoladagi ma’lumotlar to‘g‘riligi va ilgari surilgan g‘oyasi uchun muallif javobgardir.

Murojaat uchun: Toshkent shahri, 100164, Mirzo Ulug‘bek tumani, Yalang‘och dahasi, Zafar Diyor ko‘chasi, 127-“a” uy. Telegram:@ijodiy_parvoz1. Elektron pochta: ijodiyparvoz@gmail.

Tarqatish shakli: onlayn elektron kо‘rinishda (web sayt: https://dsmi.uz/).