Mamlakatimizda “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi” shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari doirasida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida ham obodonlashtirish ishlari tashkil etildi.
Institut rektori boshchiligida rahbariyat vakillari, professor-o‘qituvchilar, xodimlar, institutning “Eko klub”i a’zolari hamda talaba-yoshlar mazkur tashabbusda faol qatnashdilar. Ular institut hududining yanada ozoda va ko‘rkam bo‘lishiga hissa qo‘shib, obodonlashtirish ishlarida birgalikda mehnat qildilar.
Hashar jarayonida o‘quv binolari atrofi, institut hududi, yashil maydonlar hamda yo‘laklar tartibga keltirildi. Daraxtlar va gulzorlar parvarish qilinib, hududni ko‘kalamzorlashtirish, tozalikni ta’minlash hamda atrof-muhitni asrashga qaratilgan ishlar amalga oshirildi.
Bunday xayrli tadbirlar jamoa o‘rtasida hamjihatlik va birdamlikni mustahkamlash bilan birga, ekologik madaniyatni yuksaltirish, yoshlar qalbida tabiatga ehtiyotkor munosabatni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Xalq ijodiyoti fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari Mo’minmirzo Xolmo’minov tashabbusi bilan fakultet talabaridan iborat volontyorlar ishtirokida Toshkent viloyati Xo’jakent tog’ tizmasida joylashgan «Oqtosh soy» dam olish maskanida sayohatda bo‘lishdi.
Ular ushbu sayohat davomida maroqli hordiq olish barobarida ekologik madaniyatni targ’ib qilib, artof muhitni chiqindilardan tozlashda jonbozlik ko’rsatdi.
Atrof muhitni asrash barchamizning eng asosiy burchlarimizdan biridir.
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Xalq ijodiyoti fakulteti talabaridan iborat volontyorlar a’zolari ishtirokida Toshkent viloyati Xo’jakent tog’ tizmasida joylashgan «Oqtosh soy» dam olish maskanida sayohatda bo‘lishdi.
Ular ushbu sayohat davomida maroqli hordiq olish barobarida ekologik madaniyatni targ’ib qilib, artof muhitni chiqindilardan tozlashda jonbozlik ko’rsatdi.
Atrof muhitni asrash barchamizning eng asosiy burchlarimizdan biridir.
