O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy va ma’rifat bo‘limi hamda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan “Zakovat” intellektual o‘yinining may oyidagi 2-tur bellashuvi o‘tkazildi. Unda to‘rtta fakultetdan to‘rtta jamoa ishtirok etdi. Amaldagi g‘olib — Kino, televideniye va radio san’ati fakulteti hamon yetakchilikni hech kimga bermayapti.
![](https://dsmi.uz/wp-content/uploads/2023/05/dsmi.uz-post-4-600x318.png)