Yangiliklar

Grim san’ati yo‘nalishi talabalari uchun xorijlik mutaxassislar tomonidan mahorat darslari tashkil etiladi

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining grim san’ati ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun Turkiya Respublikasi mutaxassislari tomonidan mahorat darslari tashkil etiladi. Oliygoh rahbariyati mazkur sohada faoliyat olib boruvchi tashkilotning mamlakatimizdagi vakillari bilan uchrashdi. Uchrashuvda o‘zaro hamkorlik, shu jumladan, talabalarni xorijga yuborish masalalari muhokama qilindi. Shu bilan birga, yaqin vaqt ichida Turkiya Respublikasidan grim sohasi […]

Taniqli kinorejissyor klipmeyker va operator Bahodir Yo‘ldoshev ishtirokida mahorat darsi o‘tkazildi

Kino, televideniye va radio rejissyorligi kafedrasi tashabbusi bilan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida taniqli kinorejissyor, klipmeyker va operator Bahodir Yo‘ldoshev ishtirokida mahorat darsi o‘tkazildi. Hozirgi kunda AQSH kinosanoati hisoblangan Hollivudda ijod qilayotgan Bahodir Yo‘ldoshev rejissyorlik, operatorlik va animatsiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalari bilan o‘z bilim va ko‘nikmalarini o‘rtoqlashdi. Qolaversa, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan […]

Malaka oshirish tarmoq markazida tahsil olgan rahbarlarga sertifikat topshirildi

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti qoshidagi Malaka oshirish tarmoq markazida qisqa muddatli malaka oshirish kurslarida tahsil olgan vazirlik tizimidagi professional ta’lim muassasalari rahbarlarini sertifikat bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov hamda institut rektori v.b. Eldor Shermanov ishtirok etdi. «O‘ylaymanki, malaka oshirish kurslari barcha uchun foydali bo‘ldi. Bugungi kunda […]

Milliy qo‘shiqchilik kafedrasi professori Ahmadjon Dadayev ijodiy kechasi o‘tkazildi

O‘zbekistonda davlat san’at va madaniyat institutida milliy qo‘shiqchilik kafedrasi professori, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, «Do‘stlik» ordeni sohibi Ahmadjon Dadayevning «O‘zbekistonim yaxshidur» deb nomlangan ijodiy kechasi o‘tkazildi. Tadbirda institut rahbariyati, professor-о‘qituvchilar, ustoz-murabbiylar, ishchi xodimlar, mehmonlar, talabalar ishtirok etdi. Bayramona konsert dasturi san’atkorning yaqinlari, shogird-u muxlislari, oliygohda tahsil olayotgan ijodkor yoshlarga katta quvonch bag‘ishladi. Ijodiy kecha […]

Rektor va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori v.b. Eldor Shermanov kino, televideniye va radio san’ati fakulteti talabalari bilan uchrashib, ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari, darslar davomida olgan bilimlarini doimiy tarzda mustahkamlab borish yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlarida muhim ahamiyatga ega ekanligi, qo‘shimcha mashg‘ulotlar uchun institutda yaratilgan sharoitlar haqida suhbat o‘tkazildi. Shuningdek, mamlakatimizda […]

O‘zDSMIda Dilorom Muhammedova sinf konserti o‘tkazildi

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida folklor va etnografiya fakulteti dotsenti Dilorom Muhammedovaning «Dilga yaqin qo‘shiqlar» deb nomlangan sinf konserti bo‘lib o‘tdi. Tadbir avvalida institut rektori v.b. Eldor Shermanov mumtoz va xalq qo‘shiqlarning inson hayotida tutgan o‘rni to‘g‘risida fikr yuritib, Dilorom Muhammedovaga samimiy minnatdorchiligini bildirdi. «Xalq qo‘shiqlari bolalik davrimizdagi unutilmas va go‘zal xotiralarining bir bo‘lagi […]

O‘zDSMI hamda Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa va san’at maktablari o‘rtasida memorandum imzolandi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rahbariyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda joylashgan ixtisoslashtirilgan musiqa va san’at maktablarining direktorlari bilan memorandum imzoladi. Oliygoh rektori v.b. Eldor Shermanov hamkorlikdan mamnun ekanligini bildirib, ilmga chanqoq yoshlarni ta’lim muassasasiga chorlashga tayyor ekanligini bildirdi: «O‘zaro hamkorlik aloqalarimiz rivoj topib borayotganidan mamnunman. Bizning maqsadimiz oliygohimizda mamlakatizning barcha hududidan iste’dodli yoshlarni […]

O‘zDSMI rahbariyati xalq ijodiyoti fakulteti 1-bosqich talabalari bilan davra suhbati o‘tkazdi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rahbariyati xalq ijodiyoti fakultetida tahsil olayotgan 1-bosqich talabalari bilan davra suhbati o‘tkazdi. Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda oliygoh rektori v.b. Eldor Shermanov tomonidan Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar, dunyo mamlakatlaridagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishiga doir ma’lumot va tavsiyalar berildi. «Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar […]

image_pdfimage_print