O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida 2023/2024-yilgi o‘quv mavsumi boshlandi. Erta tongdan oliygohning malakali professor-o‘qituvchilari, zahmatkash xodimlari hamda bilimga chanqoq talabalari katta tantana bilan kutib olindi. Shu bilan birga, o‘quv binolarida talabalar uchun «Vatan ozodligi yo‘lida shahid ketganlar mangu barhayotdir» mavzusida Mustaqillik darslari tashkil etildi. Darslarni institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, taniqli olimlar va ziyolilar olib bordi. […]


