9-avgust kuni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori boshchiligida ma’naviy-ma’rifiy masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda barcha prorektorlar, fakultet dekanlari va ularning o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari, tyutorlar hamda boshqa mas’ul xodimlar ishtirok etishdi. Yig‘ilishda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish, belgilangan vazifalar ijrosini tizimli yo‘lga qo‘yish, talabalarning institut ichki tartib-qoidalariga rioya qilishini ta’minlash kabi dolzarb masalalar muhokama […]


