O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektori Shohbek Ergashev va rektor maslahatchisi Alisher Ishchanov, dekan o’rinbosarlari va tyutorlar yangi o‘quv yili oldidan talabalarning turar joy bilan bog’liq ehtiyojlarini hal etish maqsadida ijara uylarida bo’lishdi. Oliy ta’lim muassasasiga yaqin hududda joylashgan ijara xonadonlaridagi shart-sharoitlar o’rganilib, xonadon egalari bilan suhbatlashildi. […]
