ARM direktori:

BALTABAYEVA NIGORA ASILBEKOVNA

Qabul kunlari: Har kuni (yakshanbadan tashqari) soat 09:00 dan 16:00 gacha.

Telefon:71 230 28 58

📧 e-mail:

Axborot-resurs markazi haqida:
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Axborot-resurs markazi aloxida binoda joylashgan. Institut ARM umumiy fondi 15308 nomda 97990 sonda bo‘lib , badiiy adabiyotlar 8262nomda 20806 sonda,о‘quv adabiyotlar 1945 nomda 18948 sonda, brayl yozuvidagi adabiyotlar 26 nomda 107 sonda, audio kitoblar 226 tadan iborat. Elektron resurslar soni 19675 ta nomdan iborat.

Institut Axborot-resurs markazida ARMAT-U dasturi mavjud. Mazkur dasturga adabiyotlarning bibliografik yozuvi kiritilib elektron katalogi yaratilmoqda. Internet mavjud, internet tezligi 300.

Institut ARMda foydalanuvchilarga tezkor va sifatli kutubxona xizmatini ko‘rsatish maqsadida Axborot-resurslari bilan xizmat ko‘rsatish bo‘limida 3 ta elektron kutubxona telagramm kanali faoliyat yuritib bormoqda. Bular “Elektron kutubxona”, “Muhammad Yusuf”, “Alisher Navoiy” telegram kanallari bо‘lib, ular orqali foydalanuvchilarga tezkor xizmatlar ko‘rsatib kelinmoqda. Bundan tashqari ARMga olingan yangi adabiyotlar institut saytida doimiy yoritib borilаda.

Institut ARMga jami 4109 nafar kitobxon a’zo bo‘lgan. Shulardan bakalavriyat ta’lim yo‘nalishidagi talabalardan 2090 nafar, professor-o‘qituvchilar 348 nafar, boshqa kitobxonlar 1671 nafardan iborat bo‘lib bular doimiy ravishda ARMdan foydalanib kelishadi. Elektron kutubxona telegram kanalidan ham har kuni kitobxonlarimiz 24 soat davomida foydalanishadi. Axborot-resurs markaziga kitobxonlarni kunlik tashrifi 247 nafarni, professor-o‘qituvchilar esa 51 nafarni tashkil etadi.

ARMda kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha an’anaviy tarzda, elektron tarzda xizmat ko‘rsatish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.Institut ARMda xorijiy elektron resurslarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida SCOPUS xalqaro ma’lumotlar bazasidan, EBSCO hostdan, Springer kabi xalqaro ma’lumotlar bazalaridan jami 5211 ta san’at va madaniyat sohalariga oid maqolalar yuklab olingan. Mazkur xalqaro jurnallarda bosilgan maqolalardan institut professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar xamda magistrlarimiz foydalanib kelishmoqda. Bundan tashqari mustaqil izlanuvchilar hamda doktorantlarni foydalanishlari uchun institut professor-o‘qituvchilari tomonidan yozib, xalqaro jurnallarda bosilgan maqolalarni kafedralar kesimida elektron bazasi yaratilgan. Yig‘ma elektron katalog bo‘yicha Unilibrary.uz elektron platformaga o‘quv xamda ilmiy adabiyotlar to‘liq matni bilan joylashtirilmoqda. АРМning EBSCO hamda Е-Line Press xalqora elektron bazalardan institut professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar xamda magistrlarimiz foydalanib kelishmoqda.

Axborot-resurs markazi aloxida binoda joylashgan bo‘lib, 4 ta o‘quv zali mavjud , shulardan 2 tasi talabalar turar joyida va 2 tasi ARMning asosiy binosida joylshagan, jami o‘rindiqlar soni 124 tani tashkil etadi. O‘quv zalidagi o‘rindiqlar yarim yumshoq stullardan iborat. Yozgi va qishki havo sovutish va isitish vositalari bilan ta’minlangan.

Axborot-resurs markazida kompyuterlar yangi zamonaviy monobloklarga almashtirilgan bo‘lib jami 28 tani tashkil etadi. Shundan 21 tasi professor-o‘qituvchi va talabalar uchun, 7 tasi ARM xodimlari uchun. Printer 5 ta, skaner 5 ta va tezkor nusxa ko‘chiruvchi apparat 2 tani tashkil etadi. 1 ta videoproektor mavjud.

ARM va 1-2-sonli TTJ kutubxonasida institutning xotin-qizlar kengashi, “Ma’naviyat” bо‘limi, dekanatlar, mutaxassislik kafedralari a’zolari bilan hamkorlikda sohaga oid hamda mashxur shaxslar bilan ijodiy uchrashuvlar, muhim va unutilmas sanalarga bag’ishlan tadbir va kitob ko’rgazmalari, turli xil nashriyotlar bilan kitob yarmarkalari tashkil etib boradi. Shu bilan birga “Kutubxona-axborot faoliyati” kafedrasi bilan birgalikda malaka oshirish kurslari tinglovchilariga о‘quv-uslubiy yordam kо‘rsatishda ham faol ishtirok etadi.

Institutimiz аxborot-resurs markazida 10 ta malakali mutaxassis kadr faoliyat yuritadi. Ular ARM fondini boyitish, institut professor–o‘qituvchilariga va talabalariga axborot–bibliografiya xizmati ko‘rsatish, elektron katalogdan adabiyotlar qidirish yo‘llari haqida talabalarga yordam beradilar, har bir kitobxonlar bilan yakka va ommaviy ishlarni olib boradilar.

ARM kitobxonlarga adabiyotlardan tashqari vaqtli matbuot nashrlaridan muntazam ravishda foydalanish hamda yangiliklardan xabardor bо‘lishi uchun 10ta nomdagi gazeta, 13 ta nomdagi jurnal hamda 3ta nomdagi xorijiy jurnallarga a’zo bо‘lgan.

Jismoniy imkoniyati cheklangan foydalanuvchilarga Axborot-resurs markaziga kirish uchun aloxida yo‘lakchalar qilingan. Ko‘zi ojiz talabalar uchun 26 nomda 107 sonda brayl yozuvidagi adabiyotlar bilan ta’minlangan. Audio kitoblardan foydalanishlari uchun eshitish moslamasi ya’ni quloqchinlar bilan ta’minlangan.

Xalq ijodiyoti va Kutubxona-axborot faoliyati fakulteti binosiga o‘zbek tilidagi badiiy adabiyotlar bo‘limi uchun qo‘shimcha bino ajratildi va kitoblar ko‘chirib o‘tkazildi. Bugungi kunda kitobxonlarga xizmat ko‘rsatmoqda. №1 va№2 talabalar turar joyida ham Axborot-resurs markazining bo‘limlari tashkil etilgan bo‘lib, o‘quv hamda badiiy adabiyotlar bilan to‘liq ta’minlangan. Bundan tashqari o‘quv adabiyotlarning elektron shakli ham mavjud. Talabalar turar joyidagi Axborot-resurs markazi bo‘limlari fondi doimiy ravishda yangi adabiyotlar bilan boyitib borilmoqda.