2022-2023-о‘quv yillarida yotoqxona bilan qamrab olinmagan institut talabalariga g‘amho‘rlik qilish va yotoqxonaga muhtoj yotoqxona bo‘gan talabalarni ko‘proq yotoqxona bilan qamrab olish chora-tadbirlari doirasida institut rektorining tashabbusi bilan 1 va 2-sonli Talabalar turar joylarida 1 o‘rinli krovatlarni 2 o‘rinli krovatlarga almashtirilishi hisobiga qo‘shimcha 200 tadan ortiq yotoq o‘rnlari yaratilishi hisobiga hozirgi kunda 768 ta talaba yotoq xona bilan ta’minlangan. Birinchi navbatda yotoqxonaga muhtoj mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, chin yetim, boquychisini yo‘qotgan, kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar joylashtirilgan hamda boshqa talabalar ham yotqxona bilan ta’minlandilar.
2023-yilda talabalarning yozgi ta’tili vaqtida har ikki Talabalar turar joylarida joriy ta’mirlash ishlari olib borildi. Talabalarga yanada qulay shart-shoroitlar yaratib berish maqsadida umumiy foydalanish xonalari (yuvinish va xojatxona) tubdan zamonaviy santexnika jihozlari bilan bilan 100% miqdorida qayta jizohlandi.
2023-2024-o‘quv yilida institut kengashining 2023-yil 31-avgustdagi 1-sonli yig‘ilishi bayonnomasiga asosan Talabalar turar joylarida bir talabani vaqtincha yashashi uchun bir oyga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdoridan kelib chiqib 300 000 sо‘m to‘lov miqdori belgilandi. Shuningdek, mazkur qarorga asosan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari hamda I-guruh nogironligi bo‘lgan talabalar Talabalar turar joyida yashaganlik uchun to‘lovlardan 100%, chin yetim (ota-onasidan turli vaqtlarda ayrilib qolgan) hisoblanuvchi talabalar belgilangan to‘lov miqdorining 50% miqdorida ozod qilindilar.
Institutdagi TTJlarning har bir qavatida 2 donadan muzlatkich, kir yuvish honasi va kir yuvish mashinalari, dazmol va dazmol qilish uskunasi, kir uchun mo‘ljallangan uskunalar bilan ta’minlangan.
Shuningdek institut yotoqxonalarida Ma’naviyat xonasi, kutubxonalar, tashabbus xonalari mavjud bo‘lib, bu xonalar maxsus yumshoq mebellar, shkaf, kitob javonlari va kitoblar, televizor hamda stol-stullar bilan jixozlangan.
Talabalarning yotoqxonadagi hayotini nazorat qiluvchi 2 nafar tarbiyachi-pedagoglar faoliyat olib boradi. Shu bilan birga TTJlarga kirish postlarida doimiy nazoratchilar va navbatchilar nazoratda turishadi. Talabalarning yotoqhonalarga kirib chiqishlari uchun guvohnomalar joriy etilgan. Har bir TTJ yo‘laklari kameralar bilan muntazam kuzatib boriladi.
Institutimiz TTJlarida istiqomat qilayotgan talabalar o‘rtasida turli tanlov va musobaqalar muntazam o‘zkazib boriladi. Har bir talabamiz yotoqxonada farovon va hotirjam yashab kelmoqda.