Kafedra mudiri: |
Muhammadiyev Sherzod BobomurodovichMustakil tadkikotchi, «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi» kо‘krak nishoni sohibi, 20 dan ortik makolalar soxibi, dotsent ⌚ Qabul kunlari: Seshanba, Payshanba, Shanba 14:00 – 17:00 ☎ Telefon:71 230 28 34 📧 e-mail: |
Kafedra qisqa tarixi: |
«Musiqali teatr san’ati» kafedrasi 1958 yil tashkil topgan.
Kafedrada xalq artistlari R.Hamroyev, SH. Ma’zumova, R.Sayfuddinov, O.Abdurazzoqov, S. Pо‘latov, M. Uzoqov, V.N. Sundukova, B.Ixtiyorov, U. Zufarov, V.P. Volodchenko, G.Muxammedova, mashhur dirijyorlar N.Xalilov, J. Ortiqov va boshqa kо‘plab ustoz san’atkorlar, professor-о‘qituvchilar faoliyat kо‘rsatgan. Hozirda ular faoliyatini B.Nazarov, N.Qobilov, SH.Muhammadiyev, R. Usnatov, E.Yorbekov, F.Farmonov, E. Xushvaqtov, U. Rasulov, B. Xusanov, O.Qudratov kabi professor – о‘qituvchilar davom ettirmoqdalar. Kafedraning yarim asrdan ortiq faoliyati davomida kо‘plab xalq sevgan san’atkorlar yetishib chiqqan. О‘zbek teatr san’atining durdona asarlariga aylangan musiqali spektakllar sahnalashtirilgan. S.Abdulla va T.Jalilovning «Tohir va Zuhra», Hurshidning «Layli va Majnun», Komil Yashinning «Alpomish», “Ravshan va Zulxumor”, Hamzaning «Maysaraning ishi», S.Axmadning “Ufq”, U.Gadjibekovning “Arshin mol-olon”, G.Kanchelining “Xonuma”, U.Azim, B.Lutfullayevning “Alpomishning qaytishi”, R.Muhammadjonovning “Aka-uka sovchilar” kabi asarlari shular jumlasidandir. Kafedrada faoliyat kо‘rsatayotgan professor-о‘qituvchilar о‘quv qо‘llanmalar yozib kitob holida chop ettirishdi va bu jarayon uzluksiz davom ettirilmoqda. “Teatr” jurnali va boshqa matbuot vositalari, shuningdek xorijiy nashrlarda kafedra a’zolarining kо‘plab maqolalari va ilmiy-metodik ishlari e’lon qilinmoqda. |
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari: |
|
Magistratura mutaxassisliklari: |
|
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar: |
“Aktyorlik mahorati”, “Grim”, “Rejissura”, “Sahnaviy asarning xatti-harakatli taxlili”, “Aktyorning ijodiy guruh bilan ishlashi”, “Rejissyorning ijodiy guruh bilan ishlashi”, “Ixtisoslik fanlarini о‘qitish metodikasi” |
Magistraturada о‘tiladigan fanlar: |
“Aktyorlik maxorati”, “Saxnaviy asarning xatti-harakatli taxlili”, “Mutaxassislik fanlarni о‘qitish metodikasi”, “Obraz ustida ishlash”, “Sahnaviy makon kompozitsiyasi”, “Rejissyorning spektakl ustida ishlashi”, “Musiqali teatrda rejissura” |
Kafedraning professor-o‘qituvchilar tarkibi: |
1. Sherzod Muhammadiyev – Kafedra mudiri, dotsent 2. Nasrullo Qobilov – Professor 3. Ernazar Yarbekov – Dotsent 4. Bahodir Nazarov – Dotsent 5. Rashid Usnatov – Dotsent 6. Farhod Farmonov – Katta o’qituvchi 7. Eldor Xushvaqtov – Katta o’qituvchi 8. Xusanov Bobur – O’qituvchi 9. Umid Rasulov – O’qituvchi 10. Qudratov Orif – O’qituvchi 11. Nurmanova Barno – O’qituvchi 12. Fayoz Turg’unboyev – O’qituvchi Ichki o’rindoshlar: Jo’rnavozlar: |
Kafedrada bajarilayotgan davlat va chet el grantlari: |
Kafedrada professor – o’qituvchilardan H.Qobilov British consul, Goldsmiths hamda O’zDSMI hamkorligida Creative Spark loyhasi a’zosi. Dotsent E.Yorbekov TATU universiteti qoshida BV-Atex-2018-251 – sonli grant a’zosi. |
Kafedraning ilmiy ishlari (oxirgi 5 yilda chiqarilgan darsliklar, monografiyalar va о‘quv qо‘llanmalar rо‘yxati): |
Usnatov Rashid Jaksilikovich, Aktyorlik mahorati, 2019 yil Yarbekov Ernazar Xolmirzayevich, Aktyorlik mahorati (1 kurslar uchun), 2019 yil Yarbekov Ernazar Xolmirzayevich, Aktyorlik mahorati (2 kurslar uchun), 2019 yil Yarbekov Ernazar Xolmirzayevich, Aktyorning mikrofon bilan ishlashi, 2019 yil Muhammadiyev Sherzod Bobomurodovich, Aktyorlik maxorati (Musiqali teatr aktyorligi uchun) (1-kurslar uchun) о‘/q., 2019 yil Usnatov Rashid Jaksilikovich, Aktyorlik maxorati (о‘quv qо‘llanma), 2019 yil Usnatov Rashid Jaksilikovich, Aktyorlik maxorati (о‘quv qо‘llanma) (qoraqalpoq tilida), 2019 yil Qobilov Nasrullo Kuchkarovich, Muhammadiyev Sherzod Bobomurodovich, Aktyorlik mahorati, 2021 yil Usnatov Rashid Jaksilikovich, Badiiy asarning sahnaviy talqini va tahlili, 2022 yil Muhammadiyev Sherzod Bobomurodovich, Aktyorlik mahorati, 2022 yil Yarbekov Ernazar Xolmirzayevich, Sahna nutqi (о‘zbek mumtoz she’riyati), 2023 yil |
Kafedraning ilmiy va amaliy xamkorligi: |
Bizning kafedra zaruriy xollarda soha bо‘yicha tashkilotlarning moddiy –texnika bazasidan foydalanadi. Bunga (“О‘zbek teatr”) Ijodiy ishlab chiqarish boshqarmasi kо‘maklashadi; quyidagi ijodiy tashkilotlar bilan aloqada bо‘lamiz: 1) Muqimiy nomidagi musiqali drama teatri 2) Viloyat teatrlari 3) Respublika konsert zallari; 4) “Diydor” studiyasi 5) Satira teatri 6) Operetta teatri 7) TV hamda radio |
Kafedraning xalqaro xamkorligi: |
|
Kafedraning korxona va tashkilotlar bilan xamkorligi: |
|