Bo’lim boshlig’i:

Bobomurodov Shavkat Do‘stmuhammad o‘gʻli

Qabul kunlari: har kuni soat 10:00–17:00

Telefon: 71 230 28 14

📧 e-mail:

Bo‘lim yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
  • iqtidorli talabalarning intellektual salohiyati, chuqur bilim olishi va qobiliyatlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish;
  • malakali professor-o‘qituvchilarni iqtidorli talabalar bilan individual ishlashga jalb etish;
  • ilm-fan taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlariga iqtidorli talabalarni keng jalb etish;
  • iqtidorli talabalar uchun maxsus o‘quv dasturlari, zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish;
  • buyurtmachilar talablarini qondiruvchi malakali, har tomonlama kamol topgan kadrlarni tayyorlash;
  • turli ilmiy tanlovlar va ko‘rgazmalarni tashkil etish.
Bo‘lim quyidagi vazifalarni bajaradi:
  • Ilmiy faoliyatga qiziquvchan, mustaqil ilmiy fikrlash qobiliyatiga ega iqtidorli talabalarni dastlabki bosqichdanoq tanlab olish va ularni salohiyatli professor-o‘qituvchilarga biriktirish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, Beruniy, Navoiy, Islom Karimov Davlat stipendiyalari tanlovi ishtirokchilari uchun tanlov fanlaridan qo‘shimcha darslarni tashkillashtirish va talabalar ishtirokini ta’minlash;
  • iqtidorli talabalar uchun chet tili, informatsion texnologiya va O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish strategiyasi kurslari bo‘yicha maxsus mashg‘ulotlarni tashkil etish;
  • xorijiy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlariga iqtidorli talabalar hamda yosh mutaxassis-olimlarning ilmiy stajirovka va malakasini oshirish uchun e’lon qilingan tanlovlarga nomzodlardan tavsiya berish va tashkil etish.