
❗️Kunning ikkinchi yarmida Otajon Dostonovning 17.00.03 – Kino san’ati. Televideniye ixtisosligi bo‘yicha “Zamonaviy o‘zbek badiiy kinosida operatorlik san’atining yangi tamoyillari (2000-2020-yillar)” mavzusidagi san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokama qilindi.
Ushbu dissertatsiya ishi san’atshunoslik fanlari doktori, professor Oltinoy Tojiboyeva ilmiy rahbarligida yozildi.
⚡️Himoyada ushbu dissertatsiya ishi teleoperatorlik sohasida qilinayotgan kam sonli ilmiy tadqiqotlardan ekanligi, shu barobarda, amaliyot sohasida faoliyat olib borayotgan mutaxassislarning o‘z sohalarida ilmiy ishga qo‘l urayotgani quvonarli hodisa ekanligiga alohida urg‘u qaratildi. Shuningdek, undan O‘zbekiston badiiy filmlari bo‘yicha olib boriladigan istiqboldagi tadqiqotlarda, darslik, o‘quv qo‘llanma va turli uslubiy ko‘rsatmalar yaratishda foydalanish mumkinligi ta’kidlandi.
✔️Ushbu dissertatsiya ishi ham mufaqqiyatli himoya qilindi.