Bo‘lim boshlig‘i

Vakant

Qabul kunlari: har kuni soat 14:00 dan 17:00 gacha
Telefon: 71 230 28 14
Email:

Bo‘limning maqsadi

• Institutda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish;

• Institutda “Korrupsiyasiz soha” loyihasini institut miqyosida amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash;

• Institutda korrupsiyaga oid xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarni hamda huquqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini aniqlash;

• Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish hamda korrupsiyaga qarshi choralar samaradorligini oshirish;

• Institutda korrupsiyaga qarshi kurashishga yo‘naltirilgan jamoatchilik nazoratini muvofiqlashtirish va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida monitoring olib borish;

• Korrupsiyaga qarshi kurashish va jamoatchilik nazorati sohasidagi xalqaro standartlar va ilg‘or tajribalarni o‘rganish hamda ularni joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

• Institutda korrupsiyaning holati, tendensiyalari va sabablari bo‘yicha sotsiologik va ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish.

Bo‘lim boshlig‘ining lavozim vazifalari

• O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;

• Yuqori malakali, mustaqil fikrlaydigan va zamonaviy boshqaruv usullarini egallagan kadrlarni tayyorlashga ko‘maklashish;

• Tashkilotda korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash, oldini olish va manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik;

• Tashkilot tizimida ISO 37001:2016 xalqaro standarti talablariga mos korrupsiyaga qarshi tizimni joriy etish va rivojlantirish;

• Xodimlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish va huquqiy madaniyatni oshirish;

• Korrupsiyaga qarshi profilaktik chora-tadbirlarni tashkil etish;

• Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi hujjatlar ijrosini ta’minlash;

• Tashkilotda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samarali ishlashini monitoring qilish;

• Davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish;

• Xodimlar va fuqarolar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi targ‘ibot ishlarini olib borish;

• Tashkilot veb-saytining “Korrupsiyaga qarshi kurashish” bo‘limi ma’lumotlarini yangilab borish;

• Korrupsiyaviy xatti-harakatlar bo‘yicha xizmat tekshiruvlarida ishtirok etish;

• Monitoring va tekshiruvlar natijalari bo‘yicha korrupsiyaga qarshi tizimni takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish.