🎭 Qayd etish о‘rinliki, mashhur fantast yozuvchi Rey Bredberining kitobxonlikka muhabbat va bilim muqaddasligi timsoliga aylangan “Farengeytning 451 darajasi” romani dunyodagi eng kо‘p nashr etilgan kitoblardan biri bо‘lib qolmoqda. Unda sayyoramiz aholisi uchun mushtarak bо‘lgan muammolar – ommaviy madaniyat, jaholat va ma’naviyatsizlik qoralanadi.
🎭 Zamonaviy jahon teatrining eng yaxshi an’analarida sahnalashtirilgan yuksak saviyali spektakl mutaxassislar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olinib, olqishlarga sazovor bо‘ldi.
Institut rektori bugun yurtimizda san’at va madaniyatga qaratilayotgan e’tibor dunyo miqyosida katta qiziqishga sabab bo‘layotgani, bu e’tibor va g‘amxo‘rlikni xorijiy hamkorlar ham uchrashuvlarda alohida e’tirof etayotganini mamnuniyat bilan qayd etib, bugungi spektaklning xalqaro miqyosdagi yutuqlarining ham sababi ayni shu ekanligini aytib o‘tdi.
Shuningdek, spektaklni yuqori baholadi hamda ijodiy jamoani muvafaqqiyatli ijro bilan tabriklab, kelgusida bu kabi spektakllarni ko‘paytirish va nafaqat institut miqyosida, balki respublika va xalqaro maydonda namoyish etilishi uchun zarur sharoit yaratishga va doimo qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi.
Qayd etish kerakki, ushbu spektakl Rossiya Federatsiyasi Moskva shahrida bо‘lib о‘tgan “Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi Xalqaro teatr san’ati festivali”da g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.