ig‘ilishda barcha prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari va professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.
Tanqidiy va tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilish avvalida institut rektori, professor Nodirbek Sayfullayev so‘zga chiqib, dastlab so‘ngi uch oydan oshiqroq vaqt davomida institutda erishilgan yutuqlarga to‘xtaldi.
“Talaba-yoshlar ijodiyoti» ko‘rik-festivalini qayta tiklangani, kasbiy (ijodiy) imtihonlarning adolatli shaffof tarzda tashkil etilgani, “Turizm va mehmondo‘stlik”, “Inson resurslarini boshqarish” va “San’at jurnalistikasi” kabi 3 ta yangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ochilgani va boshqa ko‘plab omillar keltirib, o‘tildi.
O‘tgan yillar davomida kafedralar faoliyatini tashkil etishda nizom talablariga yetarlicha e’tibor berilmagani, o‘quv-me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishdagi xatoliklar, fakultet dekanlari tomonidan talabalar harakatini nazorat qilish ishlari ham o‘z vaqtida bajarilmagani, o‘quv rejalardagi ayrim fanlar hattoki, kattaroq bo‘lgan bir mavzu negizida olingani, yakka mashg‘ulotlar bo‘yicha auditoriyalar fondini inobatga olmasdan professor-o‘qituvchilarga o‘quv-yuklama soatlari loyihasini shakllantirilishi, xalqaro hamkorlik shartnomalari imzolangan xorijiy oliy ta’lim muassasalarining aksariyati bilan ish olib borilmagani, oxirgi 3 yilda fundamental va amaliy grantlar qo‘lga kiritilmagani, fakultet va kafedralarda 2023/2024 o‘quv yili davomida yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar yo‘nalishida tadbirlar talab darajasida o‘tkazilmagani, institut hududidagi basseynni ta’mirlash may oyida to‘xtab qolgani va o‘quv binosidagi issiqlik tizimini yangilash ishlari yakuniga yetkazilmagani kabi o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy va xo‘jalik sohalarida bir qancha kamchiliklar sanab o‘tildi va ularni bartaraf etish har bir xodimning oldidagi birinchi vazifa ekanligini ta’kidladi.
“Bizning ham maqsadimiz kimnidir kamchiligini yuziga aytib, uni aybdor qilish emas, balki muammolardan chiqish uchun birgalikda tо‘g‘ri yо‘l topishdir” deya xulosa qildi, Nodirbek Sayfullayev
Kelgusida amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalarga ham to‘xtalib, “Ijodiy parvoz” media markazi, maxsus ovoz yozish hamda animatsion multfilmlar yaratish uchun maxsus o‘quv laboratoriyasi tashkil etish, aynan san’at va madaniyat sohasi talablari asosida IT yo‘nalishidagi kadrlar tayyorlash, har ikki yilda bir marotaba talabalar o‘rtasida Xalqaro teatr, musiqa, raqs va folklor san’ati tanlovlarini o‘tkazish, professor-о‘qituvchilarning xorijda malaka oshirishlarini ta’minlash, binar, ya’ni ikkitalik himoya tizimi asosida dissertatsiya himoyalarini tashkil etilishi, qabul jarayonlariga har bir yо‘nalish bо‘yicha komissiya raisligiga xorijdan malakali mutaxassislar jalb etilishi, Olmalik kon-metallurgiya kombinati xomiyligida diplom spektakli yaratilishi va ushbu spektakl ijodkorlarini yutimiz bо‘ylab gastrol safarlarini tashkil etilishi va boshqa bir qancha rejalarni sanab o‘tildi.
Shuningdek, Nodirbek Sayfullayev soha rivoji uchun har qanday taklif va fikrlarni tinglashga va ularni institut imkoniyati va vakolati doirasida amaliyotga tadbiq etishga tayyorligini bildirdi.
Institut rahbariyatidagi lavozim o‘zgarishlarini ham yana bir bor eslatib o‘tar ekan, rektor barcha lavozim tayinlovlari adolatli va shaffof, hech qanday tanish-bilishchiliklarsiz va kadrlarning salohiyatidan kelib chiqib amalga oshirilganini ta’kidllab o‘tdi.
Institut rektori nutqi yakunida Hazrat Navoiyning:
Naf’ing agar xalqqa beshakdurur
Bilki, bu naf’ о‘zungga kо‘prakdurur.
misralarini iqtibos keltirib “institutimizga, sohamizga qanchalik jon kuydirsak nafi nafaqat madaniyat va san’at sohasiga, avvalo о‘zimizga yetadi” deya barchani faolikka chorladi.
Shundan so’ng ushbu yig‘ilish ochiq muloqot va shaffof tarzda davom etdi. O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti, Milliy qo‘shiqchilik kafedrasi professori Xayrulla Lutfullayev, ushbu kafedra professori, O‘zbekiston xalq hofizi Orolmirzo Safarov, mazkur kafedra dotsenti Xurriyat Isroilova, Cholg‘u ijrochiligi kafedrasi professori O‘rozali Toshmatov, Qo‘g‘irchoq teatri san’ati kafedrasi professori Maryam Ashurova, san’atshunoslik fanlari nomzodi Go‘zal Xoliqulova, San’atshunoslik va madaniyatshunoslik kafedrasi dotsenti Ashurali Jо‘rayev, ushbu kafedraning yana bir dotsenti Davlat Mullajonov, Madaniyat va san’at menejmenti kafedrasi professori Viktor Alemasov, Sahna nutqi kafedrasi dotsenti Ramz Qodirov va boshqa professor-o‘qituvchilar fikr bildirar ekan, ushbu muloqotdan ko‘ngli to‘lgani va bu davomli bo‘lishi kerakligini ta’kidlab, institutda ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, kelgusida bugun aytilgan yuksak marralarni zabt etish, Yangi O‘zbekiston san’ati va madaniyatini yanada yuksaltirish, soha yanada rivojlantirish uchun rahbariyat bilan birga xizmat qilishga tayyor ekanligini ma’lum qilib, bu boradagi fikr-mulohazalarini bayon qilishdi.
Shuningdek, professor-o‘qituvchilar tomonidan ko‘tarilgan savollarga institut rektori va prorektorlar tomonidan batafsil javob berildi. Ko‘plab muammolarning yechimi aytildi.
Bir so‘z bilan aytganda, mazkur yig‘ilishda mavjud muammolar va ularning yechimi aniq belgilab olindi. Kelgusida Davlatimiz Rahbari tomonidan bildirilayotgan ishonchga munosib bo‘lish, yurtimiz san’atini dunyoga tanitadigan yetuk kadrlar tayyorlash, institutni yanada rivojlantirish uchun qilinadigan ishlar aniq belgilab olindi.