Poytaxtimizdagi “Renessans Hall” konsert zalida “Yangi O‘zbekiston yulduzlari” madaniyat va san’at milliy mukofoti g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli tadbir doirasida madaniyat va san’at sohasida fidokorona mehnat qilib kelayotgan, yuksak ijodiy natijalarga erishgan ijodkorlar va soha vakillari munosib e’tirof etildi. Mazkur marosimda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “San’atshunoslik va madaniyatshunoslik” kafedrasi dotsenti, taniqli […]


