Anjumanda soha mutaxassislari: teatr san’atida vokal ijrochiligi bo‘yicha ijod qilib kelayotgan aktyorlar, teatrshunoslar, musiqashunoslar, san’at ta’limi yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan pedagoglar, yosh tadqiqotchilar hamda o‘zining ko‘p yillik tajribalari, ilmiy izlanishlari, tadqiqotchilik va pedagogik faoliyati bilan soha rivojiga katta hissa qo‘shib kelayotgan yirik ijodkor va olimlar ishtirok etdilar. Dastlab, anjumanni institut rektori, professor Nodirbek Sayfullayev kirish so‘zi […]


